Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoy Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi shimoli-sharqiy Szilin viloyatida koronavirus infeksiyasining yangi episentri paydo bo‘lgani haqida e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: CNN

Foto: CNN

Xitoyda bir kecha-kunduzda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha 118 ta yangi holat aniqlangan, ulardan 43 tasi Szilinda qayd etilgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Xitoyda virus yuqtirganlar soni 88 mingdan oshgan. Ulardan 4,6 ming nafari vafot etgan, 82,4 mingdan ortig‘i sog‘aygan.

Avvalroq Xitoyning Dunnin shahrida koronavirusning yangi o‘chog‘i paydo bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, pandemiyaga qaramay Xitoy o‘tgan yil so‘ngida yirik davlatlar orasida iqtisodiy jihatdan yuqorilagan yagona davlat bo‘ldi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda 2,3 foizga o‘sdi. Mamlakatda iqtisodiyotining tiklanishi 2020-yilning ikkinchi choragida boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda 8 oy ichida birinchi bor koronavirusga chalingan bemor vafot etgani, mamlakatdagi 5 mln aholi yashaydigan shahar bir kishida koronavirus aniqlangani sabab izolyatsiyaga olingani hamda Xitoyning Nangong shahrida besh kun ichida 1,5 ming xonali COVID kasalxonasini qurilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Nomi Сity, yashash tarzimiz esa qishloqdagi uylardan battar”. Qarshi Сity’da yashovchi aholi ko‘p qavatli uydagi muammolar haqida (video)