• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Sen buni o‘zgartirishing kerak”. O‘qituvchi va birinchi xonim Jill Bayden o‘zi kim?

    Jill Treysi Bayden AQShning yangi birinchi xonimiga aylandi. “RBK” Nyu-Jersidan chiqqan 69 yoshli ayolning tarjimai holidan asosiy faktlarni keltirib o‘tdi.

    Foto: Getty Images

    Bo‘lg‘usi prezident bilan tanishuv

    Jill Jeykobs 1951-yilda Nyu-Jersida ko‘p farzandli oilada dunyoga keldi. Senator Jozef Bayden bilan tanishgunicha u sobiq futbolchi Bill Stivenson bilan oila qurgan. Ularning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi, 1974-yilda ular ajrashdi, oradan bir yil o‘tgach esa Jillning kollejda tanishgan do‘sti Frenk Bayden uni akasi Jo bilan tanishtirib qo‘ydi.

    U Jilldan to‘qqiz yosh katta edi, ularning birinchi uchrashuvidan to‘rt yil avval esa avtohalokat oqibatida rafiqasi Neyliya va bir yoshli qizchasidan ayrilgandi. Jill Vogue jurnaliga bergan intervyusida aytib berishicha, birinchi uchrashuvda Jo uni kinoga taklif qilgan, so‘ng uyiga kuzatib qo‘yib, qo‘l berib xayrlashgan. “O‘shanda men uyimga kirib, onamga qo‘ng‘iroq qildim va shunday dedim: ‘Va nihoyat, men jentlmenni uchratdim’”, — deya e’tirof etdi u.

    Jo va Jill 1977-yilda Nyu-Yorkda turmush qurdi. To‘y juda oddiy bo‘ldi, marosimda kelin-kuyovdan tashqari, faqat Baydenning birinchi turmushida dunyoga kelgan o‘g‘illari Bo va Xanter qatnashdi. “O‘zi shunday rejalashtirilgan edi. Yangi hayotga biz to‘rt kishi bo‘lib qadam tashladik”, — deb keyinroq Bayden o‘z kitobida yozdi.

    Jo Bayden rafiqasi Jill bilan.

    Jo Bayden rafiqasi Jill bilan.
    Foto: Twitter/DrBiden

    Temir parda ortidagi asal oyi

    Jo va Jill asal oyi uchun juda noodatiy joyni tanlab, sotslager mamlakatlaridan biri — Vengriya Xalq Respublikasiga jo‘nab ketdi. Hungary Today nashri yozishicha, Sharqiy Yevropaga borishni Baydenning do‘sti Tom Lantos tavsiya qilgan — uning oilasi AQShga Vengriyadan emigratsiya qilgan.

    Tashrif norasmiy bo‘lgan, ammo Budapeshtda Bayden va rafiqasini hukumat raisining o‘rinbosari Ishtvan Gusar va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yanosh Nad qabul qilgan.

    O‘qituvchilikka ishtiyoq

    Dastlab Jill moda sanoatida ishlashni mo‘ljallab, Delaver universitetiga o‘qishga kirgan. Ammo bu sohaga nisbatan qiziqishi tezda so‘nib, ingliz tilini o‘qitishga diqqat qaratishga qaror qildi. U, shu jumladan, aqliy nuqsonlari bo‘lgan bolalar bilan ham shug‘ullangan. O‘qituvchilik kasbi uni shunchalik ruhlantirardiki, 1980-yillar oxirida turmush o‘rtog‘iga u bir kun kelib prezident bo‘lsa ham, o‘qituvchilikni hech qachon tashlab qo‘ymasligini aytdi.

    Bayden Barak Obama davrida vitse-prezident bo‘lganida Jill haqiqatan ham o‘qituvchilik faoliyatini davom ettirdi va Vashington yaqinidagi kollejga ishga kirdi. Tarixda birinchi marta vitse-prezidentning rafiqasi o‘z ishini va “ikkinchi xonimlik”ni birgalikda olib bordi, shu sababli Oq uyda uni hurmat bilan “doktor Jill Bayden” deb atashdi. Kollejda o‘z xodimlarining protokol bo‘yicha majburiyatlariga tushunib qarashdi va u rasmiy tadbir yoki tashrif uchun ta’til olishi kerak bo‘lganida, yon bosishdi. Turmush o‘rtog‘ining saylovoldi tadbirlarida esa Jill faqat dam olish kunlari qatnashishga rozi bo‘ldi.

    Jill Bayden.

    Jill Bayden.
    Foto: Reuters

    Turmush o‘rtog‘ining siyosiy karyerasidagi ishtiroki

    Jill Bayden 1988-yildayoq AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishga uringan turmush o‘rtog‘ining intilishlarini doim ham qo‘llab-quvvatlamagan. Washington Post xabariga ko‘ra, 2004-yilda u hatto Jo Baydenning uni prezidentlik poygasiga qo‘shilishga undagan Demokratlar partiyasi faollari bilan uchrashuvida demarsh ham uyushtirgan.

    Ammo aynan Jorj Bushning o‘sha saylovlardagi g‘alabasidan keyin Jill Bayden o‘z fikrini keskin o‘zgartirdi. Uni AQShni Iroqdagi urushga giriftor qilgan odam yana prezidentlikka saylangani g‘azablantirdi. “Sen buni o‘zgartirishing kerak”, — dedi u eriga.

    Keyinroq Jill Bayden turmush o‘rtog‘iga saylovoldi kampaniyasida faol yordamlashdi, unga nutqlarinida yozishda ko‘maklashdi, o‘zi esa Mishel Obama bilan birga omma oldida chiqishlar qildi. 2020-yili u eri ishtirokidagi bir nechta mitinglarda qatnashdi va hatto nutq so‘zlashga xalaqit berishga uringan raqiblarga qarshi turdi.

    Xayriya faoliyati

    Jill Bayden saratonga qarshi kurash bo‘yicha fondlar, shuningdek, harbiy xizmatchilarning oilalariga yordam berish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar faoliyatida faol qatnashadi. Bu uning oilasi tarixi bilan ham bog‘liqdir. Baydenning katta o‘g‘li Bo karyerasining bir qismini harbiy xizmatda o‘tkazgan bo‘lib, u 2015-yilda onkologik kasallikdan vafot etgan.

    2010-yilda Jill Bayden turmush o‘rtoqlari Amerika armiyasida xizmat qiluvchi ayollar haqidagi “Armiya rafiqalari” serialining bitta seriyasida suratga tushdi.

    “Armiya rafiqalari” serialidan kadr.

    “Armiya rafiqalari” serialidan kadr.
    Foto: ABC Studios
    21.01.2021, 16:21   Izoh (0)   33463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden Trampning iqlim bo‘yicha Parij bitimi va JSSTdan chiqish to‘g‘risidagi qarorlarini bekor qildi

    21.01.2021, 15:44

    Xitoy Tramp ma’muriyati vakillariga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Oq uy ularni “samarasiz” deb atadi

    21.01.2021, 13:18

    AQShning 46-prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi qanday o‘tdi va nega u uchun ikkinchi “yadro chamadonchasi” tayyorlandi? Asosiy ma’lumotlar

    21.01.2021, 10:35

    Koronavirus tufayli Shimoliy Koreyadan Janubiy Koreyaga qochib o‘tganlar soni keskin kamaygan

    21.01.2021, 09:10

    Pekin COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli virusga qarshi choralarni kuchaytirdi

    21.01.2021, 08:26

    Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi

    21.01.2021, 07:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.