Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy iqtisodiyoti dunyoning yirik davlatlari orasida birinchi bo‘lib koronavirus epidemiyasidan so‘ng, o‘sa boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Financial Times

Foto: Financial Times

Xitoy Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning ikkinchi choragida Xitoy YaIMi 2019-yilning shu davrida nisbatan 3,2 foizga o‘sgan.

O‘tgan chorakda asosiy o‘sish qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa o‘sish biroz sekin yuz beryapti.

Chakana savdo birinchi chorakka nisbatan kamaygan, ammo tiklanish belgilarini kuzatilmoqda.

“Umuman olganda, milliy iqtisodiyot 2020-yilning birinchi yarmida epidemiya sabab yuzaga kelgan salbiy effektlarni yengib o‘tishni boshladi va o‘sish jarayonlari qayd etilmoqda”, — deyiladi statistika byurosi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dastlabki ikki oyida Xitoyda sanoat ishlab chiqarishining pasayishi so‘nggi 30 yil davomida kuzatilgan eng salbiy ko‘rsatkichni qayd etgandi. Aprel oyiga kelib esa, koronavirus sabab Xitoy yalpi ichki mahsuloti rekord darajaga — qariyb 7 foizga qulagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi