Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoy hukumati yana koronavirus bilan kasallanganlar uchun vaqtincha kasalxonalar qurishni boshladi. Xebey provinsiyasining Nangong shahrida besh kun ichida 1500 ta xonali maxsus shifoxona qurildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Yaqin tumanlardagi koronavirus bilan kasallanganlar allaqachon tibbiy muassasaga joylashtirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy hukumati 6,5 ming ixtisoslashgan xonaga ega yana oltita shunga o‘xshash inshoot qurishni rejalashtirmoqda.

Standart xona maydoni 18 kvadrat metrni tashkil etadi. Xonalar ventilyatsiya, alohida sanuzel bilan jihozlangan, internetga kirish imkoniyati mavjud.

Xitoy Xebey provinsiyasida COVID-19 bilan kasallanish holati aniqlangandan keyin ko‘chma kasalxonalarni qurishni boshladi. Bugungi kunga kelib mahalliy shifoxonalarda 850 ta koronavirus bilan kasallangan bemor bor.

Pandemiya boshlanganidan buyon Xitoyda koronavirus bilan kasallangan 87 844 nafar bemor qayd etilgan, shundan 4635 tasi vafot etgan.

Avvalroq Xitoyda 5 mln aholi yashaydigan shahar bir kishida koronavirus aniqlangani sabab izolyatsiyaga olingani hamda mamlakatda 8 oy ichida birinchi bor koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Nomi City, yashash tarzimiz esa qishloqdagi uylardan battar”. Qarshi City’da yashovchi aholi ko‘p qavatli uydagi muammolar haqida (video)