Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy sharqiy tomondan Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan Dunnin shahrida transport qatnovini yopib qo‘ydi. Bu haqda hukumat qaroriga tayanib Yicai xabar berdi, deb yozmoqda “RBK”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, shahar 13-dekabrga o‘tar kechasidan boshlab yopilgan. Unda, shuningdek, jamoat transpoti harakati va avtomobilda yurish ham vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Xitoy hukumati Dunnin shahri (Xeylunszyan provinsiyasi) bilan transport aloqasini to‘liq to‘xtatishga qaror qildi — shaharda koronavirusning yangi o‘chog‘i paydo bo‘lgan.

Shahardagi barcha do‘konlar, bozorlar, pochta va kommunal xizmatlar 5 kun davomida hukumatga barcha xodimlarining koronavirus testi natijalari va ularning hududida infeksiya yo‘qligini tasdiqlovchi tekshiruv to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishi shart.

Sinhua xabariga ko‘ra, hukumat Dunnin shahrini 10-dekabr kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holat aniqlanganidan so‘ng yopib qo‘ygan. Ushbu shahar joylashgan Xeylunszyan provinsiyasida jami 5 kishi infeksiyaga chalingani aniqlangan bo‘lib, ularning 3 nafari COVID-19’ning belgisiz tashuvchilari.

“TASS”ning yozishicha, doimiy aholisi soni 210 mingdan ortiq Dunnin shahri bilan Vladivostok orasi — 60 kilometr. Ushbu shaharda mahalliy manbalardan kasallik yuqishi bir necha oydan beri kuzatilmayotgandi. Yangi holat aniqlanganidan so‘ng Dunninda harbiy holat e’lon qilindi.

Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha birinchi holat Uxan shahrida 2019-yilning oxirlarida aniqlangandi. Shundan buyon mamlakatda 86,7 ming kishi kasallikka chalingani qayd etilgan. Mamlakatda pandemiyaga qarshi chora sifatida transport harakati cheklangan, alohida hududlar qat’iy karantinga yopilgan.

Koronavirus o‘chog‘i aynan Xitoyda paydo bo‘lganiga qaramay, mamlakat kasallanganlar soni eng ko‘p bo‘lgan davlatlar 10 taligiga ham kirmaydi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy infeksiyaga chalinganlar soni bo‘yicha 73-o‘rinda. Mamlakatda pandemiya boshidan buyon COVID-19 bemorlarining 4,7 ming nafari vafot etgan. Taqqoslash uchun, AQShda 296,1 ming kishi koronavirus qurboni bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Maslahatlar
Saratonga qarshi va immunitet uchun foydali: “Xolodes” tayyorlash uchun 5 ta sabab
Dunyo
Dollarning qadrsizlanishi oqibatida oltin narxi oshib bormoqda