Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/16 finalida 11-yanvar, dushanba kuni qur’a tashlandi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelib qoldi. Qur’a jarayonida “Liverpul” sobiq hujumchisi Piter Krauch qatnashdi va kuchli raqib tushib qolgani sabab sobiq jamoasidan kechirim ham so‘radi.
Ushbu bosqich o‘yinlari 22—25-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Angliya Kubogi
1/16 final bahslari
- “Cheltnem” — “Manchester Siti”
- “Bornmut” — “Krouli Taun”
- “Suonsi” — “Nottingem Forest”
- “Manchester Yunayted” — “Liverpul”
- “Sauthempton” / “Shrusberi Taun” — “Arsenal”
- “Barnsli” — “Norvich”
- “Chorli” — “Vulverhempton”
- “Milluoll” — “Bristol Siti”
- “Brayton” — “Blekpul”
- “Uikomb” — “Tottenhem”
- “Fulhem” — “Byornli”
- “Sheffild Yunayted” — “Plimut Argayl”
- “Chelsi” — “Luton Taun”
- “Vest Hem” — “Donkaster”
- “Brentford” — “Lester”
- “Everton” — “Sheffild Uensdey”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)