• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Mixail Gorbachyov Sovet Ittifoqini saqlab qolishi mumkinmidi? Dunyo matbuoti Vashingtondagi voqealar haqida

    “Daryo” o‘tib borayotgan haftada dunyo matbuotida e’lon qilingan va muhokama markazida bo‘lgan maqolalar sharhi bilan tanishtiradi.

    1991-yil 26-dekabrda rasmiy tarzda Sovet Ittifoqi parchalandi va postsovet makonida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi. Postsovet o‘lkalarida hozirga qadar Sovet Ittifoqining parchalanishida Mixail Gorbachyovni asosiy aybdor sanashadi. Ammo ayrimlar nazarida kommunistik partiya xiyonati mavjud bo‘lmaganda edi, Gorbachyovning e’lon qilgan islohotlari ish berishi mumkin edi, deb yozadi The Foreign Policy nashri.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1989-yil may oyida Xitoyning bosh maydonida minglab xitoyliklar norozilik namoyishi uyushtirdi. Ularning qo‘llarida “Biz demokratiya elchisini xush ko‘rdik” deb yozilgan shiorlar ko‘zga tashlanardi. Rasmiy Pekin esa mazkur norozilik namoyishini bostirish uchun harbiy qo‘shin yubordi. Xitoyliklar “demokratiya elchisi” deb atagan shaxs esa na bir dissident, na bir inson huquqlari faoli edi. U shaxs 15-may 1989-yilda Pekinga rasmiy tashrif bilan borgan ulkan mamlakatning rahbari Mixail Gorbachyov edi.

    Gorbachyov e’lon qilgan siyosiy dastur g‘arb kapitalizmi emas, aksincha, sotsializmga asoslangan bozor iqtisodiyoti edi. Minglab xitoylik talabalar sovetlarning rahbarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun Xitoy poytaxtiga olis viloyatlardan yo‘lga chiqqandi. Sababi Gorbachyov e’lon qilgan sovetcha dastur xitoyliklarning ham orzu umidlarini o‘zida mujassam qilgan, rejali iqtisodiyot va avtoritar siyosiy rejim bilan yangi ming yillikka qadam qo‘yib bo‘lmasligi barchaga kunday ravshan edi.

    Gorbachyovning Xitoyga tashrifi Xitoy va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi sovuqlashgan munosabatlarni qayta tiklanishiga belgi berar va rasmiy tashrifning ikir-chikir tafsilotlariga Xitoy tarafi ancha oldindan tayyorgarlik ko‘rib kelardi. Shunday bo‘lsa-da, Xitoy hukumatida ulkan mamlakatning rahbarini qanday kutib olish borasida bir tayinli fikr yo‘q edi.

    Gorbachyovning Xitoy rahbari Den Syaopin bilan uchrashuvi ham Xitoyda rejali iqtisodiyotdan voz kechilgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tish boshlangan davriga to‘g‘ri kelgandi. Xitoylik amaldorlar esa Gorbachyov qanday qilib iqtisodiy islohotlarini demokratiyaga hamohang tarzda olib borishi borasida o‘ylanganidan tinchini yo‘qotgandi. Ustiga ustak Tyanmen maydoniga yig‘ilganlar ham o‘z hukumatlaridan Sovet Ittifoqidan o‘rnak olgan holda siyosat yuritishini talab qilishni boshlagandi.

    Tyanmendagi qatag‘onlar boshlanishidan sal avvalroq sovet rahbari o‘z nutqida “iqtisodiy islohotlarni siyosiy rejimni o‘zgartirmasdan turib amalga oshirib bo‘lmasligi” haqida so‘zlaydi. Avtoritar xitoylik siyosatchilar esa mamlakatdagi vaziyat yanada keskinlashishidan cho‘chigan holda Gorbachyov nutqini radio orqali efirga uzatilishiga to‘siq qo‘ydi.

    1980-yillar oxiriga kelib Gorbachyov Sovet Ittifoqida kommunistik mafkura o‘rnatgan davlatni siyosiy monopollashtirgan rejim bilan uzoqqa borib bo‘lmasligini yaxshi anglagandi. Biroq Den Syaopin va uning siyosiy hammaslaklari Xitoydagi mavjud vaziyatni siyosiy janglarsiz boy berishni istamasdi. Gorbachyov Pekindan ketishi bilan Xitoy kommunistik partiyasi mamlakatda keskin choralar ko‘rishni boshlab yubordi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    4-iyun sanasida Tyanmendagi norozilik namoyishi qamchi bilan bostirildi, bir nech yuz odamlar hayotdan ko‘z yumdi. 16-iyun sanasida Den Syaopin kommunistik partiya yig‘ilishida “Xitoy sotsialistik tuzumdan ortga chekinmasligini, aynan bir partiyali sotsializmgina Xitoyning  xaloskori bo‘lishi va mamlakatni taraqqiy etgan mamlakatga aylantirishi” haqida nutq so‘zlaydi.

    Xitoy Sovet Ittifoqida yuz berayotgan siyosiy voqealarni kuzatar va shu bilan avtoritar boshqaruvni dastaklagan holda sekin-asta bozor iqtisodiyotiga o‘tishni boshladi. Sovet Ittifoqida esa so‘z erkinligi, ko‘p partiyaviyli saylovlarni joriy qilar ekan, sekin-asta mamlakat iqtisodiy tanazzulga yuz tutdi. Oxir-oqibatda esa Sovet Ittifoqi parchalanib ketdi. Iqtisod abgor ahvoldan qutula olmay kelmoqda, demokratiya esa Rossiyada hamon o‘z o‘rnini topa olmadi.

    90-yillar boshidagi Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi farqlar shunda ediki, Sovet Ittifoqida so‘z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi va erkin saylovlar bo‘lsa, Xitoyda avtoritar rejim poydevori kuchaytirildi. Bugun esa Rossiyada yana avtoritar rejimga asoslangan bozor iqtisodiyoti amalda. Ikkinchidan, Sovet Ittifoqi liberal iqtisodiy islohotlar ortidan iqtisodiy inqirozga duch keldi, Xitoyda Tyanmen isyoni bostirilgandan so‘ng iqtisodiy inqiroz qisqa davom etdi va Xitoy o‘z iqtisodiyotini jilovlashga erishdi. Gorbachyov esa Sovet Ittifoqidagi budjet tanqisligining oldini ololmadi, budjet tanqisligi xorijdan kredit olish va pul zarb qilish bilan ham yanada kengayishda davom etdi.

    1991-yilda bir qator isyonchilar Gorbachyovni Qrimdagi dachasida qamab qo‘yib, hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga erishdi. Isyon bostirildi, ammo Gorbachyovning siyosiy irodasi bilan emas, aksincha, siyosiy kuchlarni harakatga keltira olgan Boris Yelsin sharofati bilan. Gorbachyov esa Qrimdagi dala hovlisidan Yelsinning amalga oshirayotgan ishlarini jimgina kuzatardi. Oradan to‘rt oy o‘tib, 26-dekabr sanasida Sovet Ittifoqidek ulkan davlat tarixiga nuqta qo‘yildi.

    Gorbachyov demokratiyani tatbiq qilishni istar ekan, Sovet Ittifoqida ko‘p yillardan beri hokimiyatdan manfaatdor bo‘lgan guruhlarning intilishlarini hisobga olmadi va isyonning yuz berishiga yo‘l qo‘yib berdi. Den Syaopin esa Xitoydagi elita bilan til topishdi va o‘z siyosatini amalga oshirishda ular ko‘magidan foydalandi va taraqqiy etdi.

    Kapitoliyning bosib olinishi – AQSh tarixidagi eng qora kunlardan biri

    Eng yangi AQSh tarixida misli ko‘rilmagan voqea sodir bo‘ldi. Prezident Donald Tramp tarafdorlari poytaxt Vashingtonda dunyo jamoatchiligini larzaga kelishiga sabab bo‘lgan harakatni sodir etdi va Kapitoliy binosini kuch bilan egallab oldi. Aksar mamlakatlarning o‘ng va so‘l siyosiy guruhlariga mansub bo‘lgan ommaviy axborot vositalari bu harakatni demokratiyaga hujum sifatida baholadi. Tramp esa katta siyosiy xatolikka yo‘l qo‘ydi, deb yozadi The Times nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    The Times gazetasi tarixga murojaat qilgan holatda butun jamoatchilikka AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington ham ikki muddat prezident bo‘lgach, hokimiyat tepasida qolishi mumkin bo‘lsa-da, o‘z ixtiyori bilan prezidentlikdan ketganini yodga solib qo‘ydi. Vaholanki, 1951-yilda AQShda prezidentlikni ikki martadan ko‘p egallash mumkin emas, degan cheklov borasida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilgan. Bu cheklovga amerikaliklar konstitutsiyaga kiritilgan 22 o‘zgartirish deb nom bergan edi.

    Gazetada keltirilgan maqolada Jorj Vashington monarx bo‘lib qolishni istamagani uchun va ko‘plab tanqidlarga qaramasdan prezidentlik lavozimini boshqa shaxsga o‘z ixtiyori bilan topshirgani yoziladi. Shu davrdan beri AQShda siyosiy jarayonlarda zo‘rlikka asoslangan namoyishlar emas, aksincha, qonun ustuvor bo‘lishi amalda bo‘lib keldi.

    Donald Tramp esa  prezidentlikning birinchi muddatidayoq rahbarlik testidan o‘ta olmadi. Qolaversa, kuchga asoslangan norozilik isyonini qanot yoyishiga turtki ham berdi. Tramp isyonchilarga qarata video murojaat yo‘llagan bo‘lsa-da, bu chiqish anchayin kechikib sodir bo‘ldi. Jorj Vashingtonni haqiqiy rahbarlik va yetakchilik salohiyati uchun eslab qolishgan bo‘lsa, Trampni o‘z majburiyatlarini buzgan shaxs sifatida eslab qoladigan bo‘lishdi, deb yozadi  The Times.

    The Guardian nashri esa Tramp davlat to‘ntarishi uyushtirishga urinib ko‘rdi, deb yozdi. Gazetadagi maqola muallifining fikricha, Tramp Baydenga o‘z vakolatini egallashiga qarshi harakat qildi va uning yangi ma’muriyatini zaiflashtirishga urindi.

    Demokratiya bu siyosiy kelishuv bo‘lib, natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar demokratik tizimda qaror birgalikda qabul qilinadi. Kapitoliy tepaligida yuz bergan zo‘ravonlik avtoritar rejimlarga xos bo‘lgan jihatdir. Gazetada bayon qilingan fikrga ko‘ra, Vashingtonda bo‘lgan mudhish voqealar bu ko‘pchilikning irodasini ozchilikka bo‘ysundirish harakatidir.

    The Independent nashri Kapitoliydagi voqealar haqida so‘z yuritar ekan, Trampning bir vaqtlar men Amerikani uchinchi dunyo davlatiga aylantiraman, degan fikrlarini esga solib qo‘ydi. Trampning o‘zi endilikda omma ehtirosi bilan o‘ynashib, siyosiy barqarorlik mavjud bo‘lmagan davlatlarda yuz beradigan voqeaning AQShda yuz berishida bosh aybdor bo‘lib qoldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kapitoliy binosidagi qonunshunoslar 1876-yildagi voqeani sinchiklab tahlil qilib, AQShning asoschi otalari nimani nazarda tutganini tahlil qilayotgan paytda, tashqarida bir to‘da bolsheviklar ixlosmandlari “Qishki saroy”ni egallab olishga urinayotgandi. 1917-yildagi Petrogradda yuz bergan voqealardan farqli ravishda, Kapitoliydagi inqilobchilar marmar ustunlar yonida selfi qilish bilan ovora edi.  Kapitoliyda yuz bergan voqealar  amerikaliklarga endilikda nima uchun Trampni hokimiyatga qayta yaqinlashtirib bo‘lmasligi haqida esga solib turishi kerak.

    The Daily Telegraph nashri esa AQSh poytaxtida yuz bergan voqealar haqida yozar ekan, Tramp va respublikachilar partiyasi o‘rtasidagi munosabat endilikda qanday bo‘lishi haqida fikr yuritdi. Yuqori martabali respublikachilar  Trampni qo‘llab qanday balo sandig‘ini ochib qo‘ygani haqida bosh qotirayotgan bo‘lsa ajab emas. Ular o‘z savollariga bugun konstitutsiyani nazarga ilmaydigan qanday qilib bo‘lsa-da, hokimiyatda qolishni maqsad qilgan shaxs misolida aniq bilib oldi.

    Kapitoliydagi noxush voqea esa “trampizm” hali yo‘q bo‘lmaganini bildiradi va Tramp keyinda ham oz sonli trampchilar bilan hali ko‘p muammo tug‘dirishi tayin. Ehtimol, Tramp “Men Oq uyni qisqa muddatga tark etyapman”, degan xayolda yurgan ham bo‘lishi mumkin. Respublikachi senator Mitch Makkonel esa AQShda demokratiya hali zo‘ravonlikka kuch  bergan qonli iskanjaga tushishi mumkinligidan ogohlantiradi, deb yozadi The Daily Telegraph.

    The New York Times nashri esa Trampning hokimiyat tepasiga kelishi alam, ayirmachilik va fitnalar bilan boshlangan bo‘lsa, uning ketishi ham mag‘lubiyatga uchragan alamzada olomonning Kapitoliyni egallashi bilan yakun topmoqda deb yozdi. Ular nazarida, AQSh go‘yoki qandaydir bir avtoritar mamlakat.

    2021-yilning 6-yanvarda AQSh tarixidagi eng qora kunlardan biri sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. Mazkur sana hokimiyat almashinuvining tinchlik yo‘li bilan amalga oshishi o‘rniga prezident Trampning isyonga chaqiriqlari bilan olomonning vakillar palatasi derazalarini sindirilishi kuni sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.

    Vashingtonda – demokratiya o‘zagi bo‘lgan Kapitoliyda bunday voqeaning sodir bo‘lishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Politsiyachilar o‘z to‘pponchalarini norozilik namoyishchilariga qarata ularning binoga kirishlari uchun to‘sqinlik qilmoqda. Binoda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ham ishlatilmoqda. Qonunshunoslar esa bino ichkarisida quturgan olomon qo‘liga tushmaslik uchun berkinishga majbur. Isyonchilar senatdagi vitse-prezident va vakillar palatasi spikeri o‘rindig‘ida o‘tirib olib ko‘ngli tusagan ishni qilmoqda. Mazkur voqea sabab AQShni “banan respublika” bilan mengzamoqda.

    Tramp tarafdori bo‘lgan The Fox News telekanali ham Kapitoliyning ishg‘ol qilinishini bu safar hazm qila olmadi. The Fox News sharhlovchisi Deroy Merdok ishg‘olni sabotajning eng oliy cho‘qqisi sifatida baholar ekan, “Bu ahmoqlar Trampning tashqi va ichki siyosatda erishgan yutuqlarini bir tiyin qilmoqda”, deb fikr bildirdi.

    Amerikalik o‘rta tabaqa vakillarining eng yuqori daromadga ega bo‘lib turgani, qisqa fursatda ikkita koronavirusga qarshi vaksina yaratilgani, qashshoqlik darajasi eng past bo‘lgan davrdagi prezident haqida gap ketganda, endilikda “Anavi yaramasmi tarafdorlari Kapitoliyni ishg‘ol qilgan?” deb eslashadigan bo‘ldi, deb yozadi Deroy Merdok.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    09.01.2021, 13:36   Izoh (0)   115378
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Twitter Donald Tramp akkauntini “keyinchalik zo‘ravonlikka da’vat etishning yuqori xavfiga bog‘liqligi sabab” butunlay blokladi

    09.01.2021, 13:15

    Nensi Pelosi Tramp yadroviy zarbani amalga oshirishi mumkinligidan xavotirda

    09.01.2021, 12:35

    Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 1,9 million kishidan oshdi

    09.01.2021, 11:34

    Tramp Baydenning inauguratsiya marosimiga bormasligini aytdi

    09.01.2021, 10:17

    Eronning oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy AQSh va Buyuk Britaniyadan koronavirus vaksinalari importini taqiqladi

    09.01.2021, 07:56

    Pokiston tibbiy komissiyasi O‘zbekistonning 6 ta tibbiyot OTMlari diplomini tan olmadi. Pokistonlik talabalar bundan norozi

    09.01.2021, 07:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda jazirama sabab 150 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi

    Dunyo | 26 iyun, 14:20

    “Bashakshehir” Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmayapti

    Sport | 26 iyun, 14:11

    O‘zbekistonda 27-iyun kuni harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 13:59

    Issiqda derazani ochib uxlash hamma o‘ylaganidek bezararmi?

    Maslahatlar | 26 iyun, 13:49

    AQSH Meksikaning 3 ta bankiga sanksiya kiritdi

    Dunyo | 26 iyun, 13:38

    Counter-Strike 2, Dota 2 va GTA musulmonlar uchun taqiqlangan — Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi

    Qozog‘iston | 26 iyun, 13:32

    Nega makiyaj tez oqib ketadi? Hamma ayollar yo‘l qo‘yadigan 5 xato

    Go‘zallik | 26 iyun, 13:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.