Markaziy Osiyo va Qozog‘istonni bog‘lovchi yagona energetik tizimning elektr uzatish tarmoqlarida rejadan tashqari sodir bo‘lgan uzilishlar sababli avariyaga qarshi avtomatika ishlagan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, energetik qurilmalarga shikast yetmaslik uchun uskunaning texnologik himoyasi avtomatik ravishda ishlagan va ayrim elektr stansiyalardagi energobloklar o‘chirildi. Xususan:
- To‘raqo‘rg‘on IESda quvvati 750 megavattdan 500 megavattgacha;
- Taxiatosh IESda 280 megavattdan 150 megavattgacha;
- Navoiy IESda 450 megavattdan 230 megavattgacha;
- Toshkent IESda 370 megavattdan 180 megavattgacha quvvat kamaygan.
Ayni paytda Talimarjon IESda qurilmalarni ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda, qolgan elektr stansiyalarda ish rejimi qayta tiklangan. Mazkur o‘chish holatining sabablari o‘rganilmoqda.
Yaqin soatlarda elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi ta’kidlangan va keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ralgan.
Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab elektr ta’minotida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)