Germaniyaning Welt telekanali dunyodagi eng katta avtomoyka qanday ishlashi to‘g‘risidagi hujjatli filmni namoyish etdi. Unda har kuni 4 mingtagacha mashina yuviladi, deb yozadi Motor.
Dr. Wash kompleksi Shtutgartda joylashgan va 15 ming kvadrat metr joyni egallagan. 15 nafar mashina yuvadigan ishchilar orasidan avtomobillar soatiga 1 kilometr tezlikda aylanuvchi konveyer ustida harakatlanadi.
Bu yerda mashinalar yuvilishdan tashqari, interyerlar deteylingi ham mavjud bo‘lib, u kuniga minglab mashinalar bilan shug‘ullanishga yordam beradi, shuningdek, kuzovlar polirovka qilinadi, yoqilg‘i quyish shoxobchasi va moy almashtirish imkoniyati ham bor.
Mashina yuvish kompleksi kuniga 350 ming litr suv ishlatadi. Bundan tashqari, mashinalarni quritish uchun kuniga 6 ming kilovatt/soatgacha energiya talab etiladi.
Dr. Wash’da bitta mashinani yuvdirish narxi 8 yevrodan boshlanadi.
Izoh (0)