• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Tarixdagi ilk AES avariyasi. 3-yanvar – Aydaho-folls atom stansiyasida avariya sodir bo‘lgan kun

    Ko‘pchilik Chernobil atom elektr stansiyasida 1986-yil 26-aprelida sodir bo‘lgan yirik texnogen ofat haqida yaxshi biladi. Bu haqda chiqqan qisqa serial ham odamlarning AES bilan bog‘liq tushunchalariga qattiq ta’sir qilgan, albatta.

    Mavzuga doir:

    • “Portlash ehtimoli yo‘q”. “Chernobil” seriali, haqiqat, mas’uliyat va insoniyat haqida
    • “Kinoni reallikka qorishtirmaylik”. Mutaxassis “Chernobil” seriali va O‘zbekistondagi atom energetikasi istiqbollari haqida
    Chernobildan keyin sodir bo‘lgan Fukusima AES avariyasi hamda tarixdagi boshqa atom avariyalari haqida ham OAV yetarlicha yoritgan. Shunday atom avariyalari ichida insonlar o‘limiga sabab bo‘lgan eng birinchi AES avariyasi bundan roppa rosa 60 yil muqaddam, 1961-yilning 3-yanvar sanasida sodir bo‘lgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dastlabki AESlar AQShda paydo bo‘lgani bejiz emas. Zero, “Chikago o‘tin g‘aram” haqidagi maqolamizda ham aytganimizdek, Ikkinchi jahon urushi yillarida yevropalik ko‘plab nufuzli fiziklarga boshpana bergan Qo‘shma Shtatlar ularning atom fizikasi borasidagi salohiyatidan unumli foydalanishga urindi va aksariyatini “Manxetten loyihasi” doirasida tarixda ilk atom bombasining yaratilish ishlariga jalb etdi. Yana bir guruh olimlar, xususan, Enriko Fermi boshchiligidagi jamoa esa atom energiyasi asosidagi elektr energetikasi tarmog‘iga tamal toshini qo‘ydi. 1947-yildan boshlab esa AQShda atom elektr stansiyalarini barpo etishga kirishib ketildi.

    Shu bilan birga, yakunlangan Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlangan sovuq urush holati AQSh harbiylarini butun sarhadlar bo‘ylab SSSRning ehtimoliy yadroviy zarbasiga tayyor turishga undar edi. Shunday ehtimoliy xatar yo‘nalishlaridan biri – Arktika va Shimoliy qutb taraf bo‘lib, haqiqatan ham SSSR qutb orqali AQShning Alyaska shtatiga yoki umuman kontinental nuqtalariga zarba berishi mumkin edi. Shu nuqtayi nazarda AQSh mudofaa vazirligi qutb atrofida SSSRning ehtimoliy hujumini oldindan payqashga mo‘ljallangan tayanch kuzatuv radiolokatsion stansiyalari barpo qila boshladi.

    Lekin qutb sharoitida bunday stansiyalarni elektr energiyasi va issiqlik bilan ta’minlash juda qiyin masala bo‘lgani bois harbiylar bu masalani hal etish uchun o‘sha paytda endi-endi yo‘lga tushib borayotgan AES loyihasidan foydalanishga qaror qildi. Natijada, mudofaa vazirligi buyurtmasiga ko‘ra, kam quvvatli (radiolokatsiya tizimlarini elektr bilan ta’minlashga kifoya qiladigan) va ixcham AES loyihasi ishlab chiqildi. Unga muhandislar lo‘ndagina qilib SL-1 deb nom bergan edi. Buning ma’nosi “Birinchi raqamli statsionar kam quvvatli reaktor” (Stationary Low- Power Reactor Number One) degani bo‘lib, Argonn Milliy laboratoriyasi tomonidan tayyorlandi.

    Shunday ixcham atom stansiyalardan birinchi eksperimental stansiyani 1957-yilning iyulidan 1958-yilning iyunigacha bo‘lgan bir yil muddatda qutb doirasining AQShga tegishli qismida qurib bitkazilgan edi va uni 1957-yilning 24-oktabrida foydalanishga qabul qilingandi. Ixcham AESga qutb sharoitida ishlashga ko‘nikkan muhandis va texnik xodimlardan iborat jamoa hamda harbiylarning o‘zi xizmat ko‘rsatdi. Albatta bu kishilarning barchasi xavfsizlik qoidalari bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilgan va kerakli himoya jihozlari bilan ta’minlandi.

    SL-1 ixcham AESning reaktori silindr shaklidagi po‘lat konstruksiya ichida joylashtirilgan bo‘lib, taxminan 15 metr balandlikka ega edi. Reaktor 3 MVt energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, samarador uzunligi 80 sm keladigan kadmiyli sterjenlar asosida issiqlik chiqardi. Bu reaktor ham atom erasining avvalidagi ko‘plab reaktorlar singari yuqori darajada boyitilgan uranga asoslangan radioaktiv yoqilg‘i bilan ishladi. Uning quvurlarida oddiy, yengil suv issiqlik tashuvchi sifatida xizmat qilgan bo‘lib, taxminan 21 kgk/sm2 bosim bilan bug‘ aylantirildi (tasavvur uchun aytish mumkinki, bu taxminan 20 atmosfera bosimiga teng bosimdir).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1960-yilning 21-dekabr sanasida SL-1 rejaga ko‘ra, ta’mirlash uchun to‘xtatilgan hamda unga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar guruhining deyarli hammasi Yangi yilni nishonlash uchun uylariga jo‘nab ketdi. Stansiyada faqat uch kishidan iborat navbatchilar guruhi qoldi. Ushbu guruh 26 yoshli smena boshlig‘i hamda 27 yoshli bir nafar operator va unga biriktirilgan 22 yoshli shogird (stajyor) operatorlardan iborat bo‘lib, 1961-yilning 3-yanvar sanasida ular reaktorni qayta ishga tushirish uchun tayyorgarlik boshladi.

    Unga ko‘ra, reaktorning markaziy sterjeni bir necha santimetrga (ko‘pi bilan 10 sm ga) qo‘zg‘atilishi kerak edi. Biroq operatorning xatosi tufayli sterjen yarim metrgacha chiqarib olindi va aynan shu omil tufayli reaktordagi yadroviy reaksiya o‘ta jadal tezlanish olib, bir necha lahza ichida suvning bosimini quvurlar bardosh bera oladigan darajadan ham kattaroq ko‘rsatkichga chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Avariyadan keyingi o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatganki, o‘shanda atigi to‘rt millisekund (!), ya’ni soniyaning mingdan to‘rt ulushi ichida bosim reaktorni yorib yuborishga qodir darajaga chiqib ulgurgan ekan.

    Natijada, o‘ta katta energiya to‘plagan bug‘ qozoni keskin portlash bilan yorilib ketdi va deyarli 12 tonna keladigan korpusini uch metr yuqoriga ko‘tarib tashlaydi. Portlash natijasida, o‘sha payt reaktor yaqinida bo‘lgan mutaxassislarning ikkitasi shu paytning o‘zidayoq vafot etdi. Shogird operator esa olingan o‘ta og‘ir jarohatlari sababidan bir necha soat keyinroq jon berdi. Ro‘y bergan avariya haqida stansiyada o‘rnatilgan avtomatik signalizatsiya uskunalari chor atrofga xabar tarqatdi.

    Ushbu yuz bergan atom avariyasi nafaqat Amerika AESlari tarixida, balki butun dunyo atom energetikasi sohasida eng dastlabki yirik halokat, og‘ir oqibatlarga olib kelgan fojia bo‘lgan edi. Aynan shu voqeada birinchi marta AESni ekspluatatsiya qilishdagi noto‘g‘ri munosabat tufayli odamlar qurbon bo‘lgandi.

    O‘sha avariyaning yanada katta oqibatlarga olib kelmaganiga va unchalik ovoza bo‘lmaganiga sabab esa, yuqorida aytilganidek, ishchilarning aksariyati Yangi yil ta’tilida, uyda bo‘lgani tufayli bo‘lsa, qolaversa, AESning o‘zi o‘z nomiga ko‘ra kam quvvatli bo‘lgani uchun, radiatsion ta’siri ham unchalik katta ko‘lamni egallamadi (hisob-kitoblarga ko‘ra, avariya natijasida atmosferaga 3 Tbk ga yaqin radioaktiv yod moddasi chiqib ketdi).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qolaversa, uning joylashuvi ham aholi yashash joylaridan ancha olisda – qutb doirasi ichkarisida bo‘lgani katta ahamiyat ko‘rsatdi. Shunga qaramay, mazkur fojia soha mutaxassislari orasida katta rezonans berganini aytib o‘tish kerak. Xususan, fojia sabablarini o‘rganish yakunlariga ko‘ra, bu turdagi reaktorlarning xavfsizlik darajasi juda qoniqarsiz baholandi va kelgusida har qanday maqsadlarda foydalanishdan voz kechildi.

    Avariya ro‘y bergan joy olisda – qutbda joylashganiga qaramasdan, baribir yuzga yaqin odamlarda ushbu avariya tufayli nurlanish kasalligi yuzaga kelgani aniqlandi. Ularning aksariyati, yetib kelgan qutqaruvchilar va avariya oqibatlarini bartaraf qilish bilan shug‘ullangan harbiylardan iborat edi (umuman olganda, mazkur avariyadan u yoki bu darajada jabr ko‘rganlarning umumiy soni 790 nafarni tashkil qildi).

    Natijada, avariya haqida OAVda ham ma’lumotlar paydo bo‘lgach, jamoatchilik orasida AESning xavfsizligi masalasida katta muhokamalar boshlanib ketdi va bunga qadar “inqilobiy”, “bitmas tuganmas energiya manbayi” kabi balandparvoz so‘zlar bilan ta’riflangan atom energetikasi sohasining salbiy taraflari ilk bora yaqqol ko‘rinib qoldi. Oqibatda, jamiyatda atom energetikasiga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati yuzaga kela boshladi.

    1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshida AQShda yadro energetikasidan foydalanishni to‘xtatishga qaratilgan ijtimoiy harakatlar boshlanganida, aynan ushbu SL-1 reaktori avariyasi namoyishchilarning atom energetikasiga qarshi eng ko‘p qo‘llagan dalil-dastaklaridan biriga aylangan edi. Hozirda ushbu atom avariyasi AQSh tarixidagi odamlar o‘limiga olib kelgan yagona AES halokati sifatida hamda dunyo atom energetikasi tarixidagi fojia zahotiyoq odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan yagona avariya sifatida baholandi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    04.01.2021, 16:09   Izoh (0)   60550
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar smartfonlar uchun qayta tiklanishga qodir materialni yaratdi

    28.12.2020, 13:09

    Myanmadagi qahrabo bo‘lagi ichidan fanga noma’lum gul topildi

    25.12.2020, 11:23

    Olimlar qadimgi odamlar sovuqdan omon chiqish uchun uyquga keta olganini aniqladi

    22.12.2020, 16:25

    Olimlar insonlarning baxtli bo‘lishi uchun nima zarurligini ma’lum qildi

    18.12.2020, 12:59

    Olimlar koronavirusdan sog‘ayganlarga yangi kasalliklar xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirdi

    16.12.2020, 09:56

    Olimlar g‘ayrioddiy “tovus-dinozavr”ning tasvirlarini namoyish etdi

    15.12.2020, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50

    “Ukraina Rossiyaga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarishni oshiradi” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 iyul, 16:40

    Turk seriallari suratga olinadigan joylarga sayohat: qaysi hududda mashhur aktyorlarni uchratish mumkin?

    Kino | 18 iyul, 16:30

    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi

    Reklama | 18 iyul, 15:00

    Form kompaniyasi suzuvchilar uchun Smart Swim 2 nomli “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi (foto)

    Texnologiyalar | 18 iyul, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.