Foto: Yetti yoshida vazni yetti kilo bo‘lgan yamanlik och bola
Falajlangan, ozib-to‘zib ketgan, yetti yoshida vazni yetti kilo bo‘lgan Faid Samim — Yamanda 2015-yildan beri Saudiya boshliq koalitsiya va eronparast xusiylar harakati o‘rtasidagi mantiqsiz urush va u keltirib chiqargan (ammo shu vaqtgacha rasman tan olinmagan) og‘ir ocharchilikning jabrdiydasi. U serebral falajlik va to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekadi, oilasi uning hayotini saqlab qolish uchun poytaxt San’ogacha 170 kilometr yo‘l bosgan va endi ham saxovatpeshalar ko‘magiga muhtoj. Aholisining 80 foizi chetdan keladigan insonparvarlik yordamiga qaram mamlakat BMT tomonidan jahondagi eng yirik gumanitar inqiroz makoni deb atalgan. Koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar, pul o‘tkazmalari hajmining qisqarishi, chigirtkalar, suv toshqinlari va 2020-yilda yordam dasturlari lozim darajada moliyalashtirilmagani ocharchilikni battar kuchaytirdi, deb yozadi Reuters.Foto: Khaled Abdullah / Reuters
Izoh (0)