Internetda Angliyaning Liverpul shahrida kabutar zebra orqali yo‘lni kesib o‘tayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Avvaliga qush xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilgan va shundan keyingina yo‘lning qarama-qarshi tarafidagi pitssaxonaga otlangan. Qonunga bo‘ysunuvchi kabutarni videoregistrator yordamida videoga olgan haydovchi esa yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra to‘xtagan va piyoda yo‘lni kesib o‘tishini kutib turgan. Kabutar nima sababdan piyoda yurishga qaror qilganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq San-Fransiskodagi kabutarlar qush bo‘lishdan charchagani sababli professional yordamga murojaat qila boshlagani tasvirlangan video e’lon qilingan edi.
Izoh (0)