• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan Andijon viloyati hokimi 80 marta “hurmatli Prezident” dedi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari forumida mamlakat yoshlarini qiynayotgan muammolar va ularni tizimli hal qilish zarurligi haqida so‘z yuritdi. Davlat rahbari tadbir davomida Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari bilan ham suhbatlashib, mazkur hududlarda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan jarayonlar va Prezident topshiriqlari ijrosiga qiziqdi.

    Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov davlat rahbarining savollariga javob berarkan, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar va kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalariga to‘xtalib o‘tdi. Forumda qatnashgan “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, Andijon hokimi Prezident bilan 12 daqiqa 43 soniya davom etgan suhbat davomida “hurmatli Prezident” iborasini 80 marta (o‘rtacha har 9,5 sekundda bir marta) aytgan. Taqqoslash uchun, Abdurahmonovdan so‘ng so‘z olgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov 12 daqiqa 34 soniyalik chiqishi davomida “bor-yo‘g‘i” 22 marta (o‘rtacha har 34,3 soniyada bir marta) “muhtaram Prezident” degan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov va Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi muloqot stenogrammasi

    Shuhrat Abdurahmonov: “Hurmatli Prezident, albatta, Andijon viloyatiga tashrif buyurganingizda 11-sinf o‘quvchilarining taqdiri nima bo‘ladi, degan savol bergan edingiz, hurmatli Prezident. Shundan so‘ng Andijon viloyatidagi mavjud 40 ming 298 nafar 11-sinf bitiruvchisi va ularning ota-onalari o‘rtasida ikki marotaba so‘rovnoma o‘tkazdik, hurmatli Prezident. Ular nimani xohlaydi, nimalarga ishtiyoqi bor, degan masalada so‘rov o‘tkazdik, hurmatli Prezident. Bugungi kunda 40 ming 298 nafar 11-sinf bitiruvchimizning 97 foizi, ya’ni 40 ming 198 nafarini o‘zining istagi bo‘yicha ish bilan band qildik, hurmatli Prezident. Ulardan 16 ming nafarga yaqini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan edi va ularga 42,5 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar berildi. Katta rahmat, hurmatli Prezident, ushbu muammoni hal qilib bergan edingiz. Hurmatli Prezident, bugun shu farzandlarimizning hammasi hayotda o‘z o‘rnini topib, o‘zi singari tengdoshlarini yoniga ishga olib, ish bilan ta’minladi, hurmatli Prezident. Bu Andijon tajribasini haqiqatan o‘zingizni ko‘rsatmangiz bo‘yicha tashkil qildik.

    Qolaversa, hurmatli Prezident, yaqinda bergan topshirig‘ingizga asosan, 7—11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida katta so‘rovnoma o‘tkazdik va ularning xohishi, yo‘nalishi bo‘yicha ish bilan ta’minlash choralarini ko‘ryapmiz, hurmatli Prezident. Albatta, hurmatli Prezident, bu tizimni oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarining 11 mingga yaqin bitiruvchilari o‘rtasida ham o‘tkazib, o‘z xohishiga ko‘ra, hurmatli Prezident, bugun ularning 96 foizini ish bilan ta’minladik, hurmatli Prezident”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shavkat Mirziyoyev: “Agar harakat qilib shug‘ullansak, shu narsani qilsak bo‘larkanmi? Tasavvur qiling, 2018—2019-yillarda maktablarni tugatgan 40 ming andijonlik farzandimiz qayerda yurishini hali bironta rahbar hisob-kitob qilmagan”.

    Shuhrat Abdurahmonov: “Hurmatli Prezident, haqiqatan tan olib aytishimiz kerak, oldin bu masala bilan shug‘ullanmaganmiz, ya’ni ularning taqdiri nima bo‘lganligini bilmaganmiz ham, desam, hurmatli Prezident, to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin bu yil qilgan ishimizni sizning topshirig‘ingiz bilan amalga oshirdik. Oktabr—noyabr oylarida, hurmatli Prezident, viloyatimiz yoshlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazdik. Shu jarayonda yoshlarimizning ayrimlari 30 million, ayrimlari 20 million so‘mdan olgan kreditlariga, hurmatli Prezident, bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlarini ko‘rib, hurmatli Prezident, haqiqatan bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib berganligingiz, Andijon namunasi ko‘rindi, hurmatli Prezident. Yaqinda tumanlar va shaharlarda o‘tkazilgan forumlarda ham, hurmatli Prezident...”

    Shavkat Mirziyoyev: “Ish bilan ta’minlangan yosh o‘g‘il-qizlarimizning ko‘zi bilan ishsiz bo‘lib o‘tirgan qizlarimizning ko‘zi qanday yonyapti, ko‘rdingizmi? Ularda qanday kayfiyat, bularda qanday kayfiyat?”.

    Shuhrat Abdurahmonov: “Albatta, hurmatli Prezident, hayotda o‘z o‘rnini topgan, o‘z xohishlari bilan ishlab, yo‘lini topgan yoshlarning baribir, hurmatli Prezident, ko‘zi yonib turibdi. Ikkinchi toifadagi uyushmagan yoshlar, hurmatli Prezident, mahallalarda aniqlangan 43 ming 221 nafar yosh bilan ishlayapmiz . Lekin hayotda o‘z o‘rnini topolmagan, tadbirkorlik bilan shug‘ullana olmagan yoshlar orasida, hurmatli Prezident, haqiqatan ham juda katta farq borligini o‘zimiz ko‘rdik, hurmatli Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev: Hozirgi “yoshlar daftari” bo‘yicha qanday ishlar qilyapsizlar?

    Shuhrat Abdurahmonov: “Hurmatli Prezident, biz oktabr—noyabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha 100 foiz yoshlarimizning “yoshlar daftari”ni shakllantirdik, hurmatli Prezident. Viloyatimizda 3 milliondan ortiq aholi bo‘lsa, hurmatli Prezident, shundan 1 million 650 ming nafari yoki 55 foizini yoshlarimiz tashkil qiladi. 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlari 595,5 mingtani tashkil qiladi. Hurmatli Prezident, xatlov jarayonida bugungi kunda viloyatning o‘zida 36,5 ming ishsiz o‘tirgan, hurmatli Prezident, muammosi o‘ylantirayotgan yoshlarimiz aniqlandi. Bundan tashqari, hurmatli Prezident, siz belgilagan yana bir vazifa: hurmatli Prezident, biz nafaqat O‘zbekistonda, balki ishlash, o‘qish uchun chet elga chiqib ketgan 57 ming 500 nafardan ortiq yoshlarimizning 37 ming nafari bilan ham telefon orqali, hurmatli Prezident, qachon kelishi, kim qanday yo‘nalishda tadbirkorlik qilishi, nima xohish-istagi borligini ham inobatga olib, alohida suhbatlar o‘tkazdik, hurmatli Prezident.

    Bugun Andijon viloyatida, hurmatli Prezident, 36 ming ishsizman deganlarni 16 ming nafari turli sabablar bilan: oilaviy sharoiti, hurmatli Prezident, bola tashvishi va boshqa-boshqalar bilan ishlash istagi yo‘qligini bildirgan. Ishlash istagini bildirgan 18,5 mingtasi bilan ishlarni boshlab yubordik, hurmatli Prezident. Bugungi kun holatiga ko‘ra, 1 ming 508 nafari, hurmatli Prezident, o‘zi tanlagan va o‘zi xohish bildirgan yo‘nalish bo‘yicha ish bilan ta’minlab, bu bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birga ishlarni amalga oshiryapmiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, hurmatli Prezident, xatlov jarayonida ularni faqat ish bilan ta’minlash emas, balki ularni qiynab kelayotgan yana qanday muammolar bor, degan savolni oldimizga qo‘ydik, hurmatli Prezident. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha 16 ming 428 ta muammo aniqlandi, hurmatli Prezident. Bugun mana shu qisqa davrda: oktabr—noyabr—dekabr oylarida, hurmatli Prezident, 6 mingdan ortiq shu muammoni hal etdik. Haqiqatan yoshlarimizni qiynab kelayotgan muammolarning yechimi o‘zimizning qo‘limizda ekanligini, hurmatli Prezident, tushunib yetyapmiz.

    Men o‘ylayman, hurmatli Prezident, bugun ma’ruzangizda qo‘ygan vazifalaringiz, jumladan, yoshlar kichik sanoat zonalarini tashkil qilib berish, qolaversa, “har bir tadbirkor — bittadan yoshga madadkor” degan masala, hurmatli Prezident, kuni kecha topshirig‘ingiz bo‘yicha Adham Ilhomovich (Savdo-sanoat palatasi raisi – tahr.) hamma vazifalarni aytdi. Bu bo‘yicha ham, hurmatli Prezident, juda katta tadbirkorlarimiz bilan suhbatlashdik, ular buni 200 foiz qo‘llab-quvvatlayapti. Bitta yoshga madadkor bo‘lish Andijon viloyatidagi tadbirkorlarga katta kuch beradi, hurmatli Prezident, bizning oldimizdagi muammolarni hal qilishda ham hisob-kitobimiz chiqadi, hurmatli Prezident.

    Yana bitta masala, hurmatli Prezident, biz sektor rahbarlari bilan birgalikda yana to‘rtta yo‘nalishni Andijon tajribasi qilib belgiladik, hurmatli Prezident. Ruxsatingiz bilan birma-bir aytsam.

    Birinchisi, kam ta’minlangan oilalar, hurmatli Prezident. Ishsiz fuqarolar bilan faqat hokimlar shug‘ullanadi mening boshchiligimda, hurmatli Prezident.

    Ikkinchi yo‘nalishimiz, siz lavozimga o‘tirgandan beri bitta narsani aytasiz: “Nogironligi bor, mehnatga layoqatsiz insonlar ham, albatta, bizning fuqarolarimiz, ularning ham dardini eshitish kerak, ularni ham qo‘llab-quvvatlash kerak”, degan masalani doimo oldimizga vazifa qilib qo‘yib kelasiz, hurmatli Prezident. Biz hisob-kitob qildik, Andijon viloyatida bugungi kunda 6 ming 900 dan ortiq xuddi shunaqa: mehnatga layoqatsiz, imkoniyati cheklangan, nogironligi bor aholi yashaydi, hurmatli Prezident. Bu masalani viloyatimiz prokurori boshchiligida prokuratura organlari to‘liq o‘z nazoratiga olib, hurmatli Prezident, ularni hayotdan rozi qilish bo‘yicha ishlaydigan bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uchinchi yo‘nalishimiz, hurmatli Prezident, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va butun ichki ishlar tizimimiz, hurmatli Prezident, tarbiyasi og‘ir, jinoyat sodir etishga moyilligi bor 3 ming 994 nafar yoshimizning har biri bilan, hurmatli Prezident, manzilli ishlashi bo‘yicha yo‘nalish belgiladik.

    To‘rtinchi yo‘nalishimiz, hurmatli Prezident, har safar “Soliqchilar — tadbirkorga ko‘makchilar”, degan gapni aytasiz, hurmatli Prezident. Soliqchilarimiz hamda Markaziy bank tizimimiz, hurmatli Prezident, tadbirkor bo‘laman degan 14 ming 967 ming nafar yoshga biriktiriladi. Har bir xodimga to‘rt nafardan yosh to‘g‘ri keldi, hurmatli Prezident. Bu ham yuqorida aytilgan “Har bir tadbirkor — bittadan yoshga madadkor”, degan masalada bir-biriga mos keldi, hurmatli Prezident.

    Umuman aytganda, hurmatli Prezident, bizning hisob-kitobimiz bo‘yicha 137 milliard so‘m miqdoridagi kreditga talab bor. Hozir o‘zingiz aytdingiz, hurmatli Prezident, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha har bir viloyatga 100 milliard so‘mdan, 45 million dollar mikrokreditga, hurmatli Prezident, hamda 100 million dollar (innovatsion g‘oyalar va yoshlar loyihalarini moliyalashtirish uchun) ajratilganligi albatta, yoshlarimizni bugun bizga bildirgan muammolarini yechishga juda katta xizmat qiladi.

    Hurmatli Prezident, biz yoshlarni faqatgina ish bilan ta’minlash emas, balki madaniyatimiz, ma’naviyatimiz, ularni sportga jalb etish, kitobxonlik masalasi... Yana bitta eng katta masala — bu axborot texnologiyalari, hurmatli Prezident. Mana shu yo‘nalishlar bo‘yicha ham yoshlarimizning qiziqishlarini aniqlab olishimiz... Kecha, hurmatli Prezident, yoshlar forumini o‘tkazdim. Bir yoshgina qizimiz chiqib, bitta narsa aytdi “Andijonda ijod qilayotgan juda ko‘plab yoshlarimiz bor. Ularning kitoblarini chiqarishga yordam bersangiz, ko‘rik-tanlov o‘tkazib bersangiz”, degan talabni qo‘ydi, hurmatli Prezident. Bu masalani ham qo‘llab-quvvatlaymiz, mablag‘imiz ham bor. Hurmatli Prezident, bu muammolarni hal qilish uchun bizda barcha imkoniyatlar bor. Aytmoqchimanki, faqatgina ish bilan ta’minlash emas, hozir ta’kidlaganingizdek, bu tizimli davom etishi kerak, hurmatli Prezident. Siz tomondan qo‘yilgan hamma vazifalar biz uchun qonun, hurmatli Prezident. Men sizga va’da beraman, bugun qo‘yayotgan vazifalaringiz, yoshlarimiz bilan bir-ikki oyda emas, kun davomida ucharashamiz, hurmatli Prezident.

    O‘zingiz har safar “Oldin 70—80 foiz vaqting dalada o‘tardi”, deysiz, hurmatli Prezident. Hozir asosiy vaqtimizni ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalariga sarflashga hamma imkoniyatni yaratib bergansiz. Bugun viloyat rahbari sifatida, hurmatli Prezident, xatlov jarayonida aniqlangan andijonlik yoshlarimizning muammolarini hamda siz belgilagan vazifalarni so‘zsiz bajarishga va’da beraman, hurmatli Prezident”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev: “Keyingi yildan har uch oyda bir marta respublikaning hamma hokimi yoshlar muammolari bo‘yicha kengashda hisobot beradi. Mutasaddi tashkilotlar bilan birga shug‘ullanasizlar deganimda, tushundilaringiz to‘g‘rimi?

    Shuhrat Abdurahmonov: “Tushunarli bo‘ldi, hurmatli Prezident”.

    Shavkat Mirziyoyev: “2021-yil 1—5-may kunlari Andijon tajribasini ommalashtirish maqsadida viloyatda katta forum o‘tkazasiz. Agar meni taklif qilsangiz, men ham borishga harakat qilaman.

    Bu gaplarni yoshlarimizni inontirish, ishontirish uchun aytaman. Bu ishlar qog‘oz uchun bo‘layotgani yo‘q. Vaqti-soati keldi, mana shu yangi O‘zbekistonda yoshlarninng fikri, takliflari, bilimi, jo‘shqinligi, fidoyiligi, vatanparvarligi, albatta, bizga hozir kerak. Mana shularni inobatga olib, hammamiz birgalikda 1—5-may kunigacha Andijonga tayyorgarlik ko‘rsak, yana har yili qaysidir viloyatlarga borsak, juda katta tajriba orttiramiz. Tushunarlimi, Abdurahmonov?!”

    Shuhrat Abdurahmonov: “Hurmatli Prezident, men sizni ishontirib aytaman, Xudo xohlasa, sizni 1—5-may kunlari andijonlik yoshlar bilan Andijonda kutib qolamiz, hurmatli Prezident”.

    Mavzuga doir:

    • “Yoshlar murojaati” elektron platformasi yaratiladi – Shavkat Mirziyoyev
    • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumi ishtirokchilariga o‘z sirini aytdi
    • Shavkat Mirziyoyev: “Jurnalist va blogerlarning ovozini eshitishga majburmiz”
    • Shavkat Mirziyoyev so‘nggi 11 oyda yosh oilalar o‘rtasida qancha ajrim qayd etilganini ma’lum qildi

    27.12.2020, 14:30   Izoh (0)   127842
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzax viloyati hokimining qiziga tegishli kompaniya ko‘chalarga gul ekish bo‘yicha 1,9 mlrd so‘mlik yana bir tenderni yutib olgani ma’lum bo‘ldi

    27.12.2020, 14:08

    O‘zbekistonda yolg‘on axborot tarqatgan shaxslar 22 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin

    27.12.2020, 09:30

    Toshkentda pichoqbozlikni sahnalashtirib, piar qilmoqchi bo‘lgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi

    26.12.2020, 23:43

    O‘zbekistonda 488 nafar ko‘ngilli koronavirusga qarshi emlandi

    26.12.2020, 23:01

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumi ishtirokchilariga o‘z sirini aytdi

    26.12.2020, 22:25

    Maktablarda vaqtincha o‘tilmayotgan fanlar 3-chorakdan davom etadi – XTV

    26.12.2020, 22:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.