• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yoshlar murojaati” elektron platformasi yaratiladi – Shavkat Mirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, mamlakatda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu anjuman bilan barchani tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    “Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman.

    Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azm-u shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo‘lg‘usi Renessansning eng muhim bo‘g‘inlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo‘shadilar”, – dedi Shavkat Mirziyoyev nutqining avvalida.

    Prezident koronavirus pandemiyasi davrida yoshlar xalq dardiga darmon bo‘lgani, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatida ko‘ngilli sifatida qatnashib, qiynalgan oilalarga amaliy yordam berganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Ma’lumki, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent shahri namunasi yaratilib, o‘g‘il-qizlarning muammolari, taklif va istaklarini bevosita o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajriba mamlakat bo‘ylab, barcha shahar va tumanlarda Yoshlar festivallari o‘tkazildi.

    “Ko‘pchiligingiz ushbu tadbirlar doirasida vazirlar, hokimlar va boshqa mutasaddilar bilan ochiq muloqot qildingiz. Men ham mazkur jarayonlarni televideniye orqali shaxsan kuzatib bordim. Yoshlarimizning dolzarb masalalarni dadil ko‘tarib chiqishi, kuyinchakligi menga juda ma’qul bo‘ldi. Dunyoqarashi keng, jonkuyar, ilg‘or fikrli farzandlarimiz ko‘pligini ko‘rib nihoyatda quvondim”, – dedi Prezident

    Prezident Shavkat Mirziyoyev endi Toshkent shahri tajribasi butun mamlakat bo‘ylab joriy etilishini aytib o‘tgan. Bu borada Toshkent, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida allaqachon ishlar boshlab yuborilgan. Yoshlarga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida ularning ijtimoiy muammolarini tizimli asosda o‘rganish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi mutasaddi tashkilotlarga yuklangan.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Bundan buyon viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlar va mas’ul rahbarlar yoshlar bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda yo‘lga qo‘yadi. Hokimlar yoshlarning muammolarini hal etishga qaratilgan “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqib, ijrosini ta’minlaydi. Shu masala bo‘yicha har 6 oyda mahalliy kengashlarga hisobot beradi va kelgusi yarim yillik uchun rejalarni belgilab oladi.

    “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tashkil etiladi. “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish tashabbusi ko‘plab tadbirkorlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlandi. 2021-yilda kamida 500 ming nafar yoshni ish bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan bu harakatni davlat rahbari ma’qulladi.

    “Hunarli kishi xor bo‘lmas, deydi xalqimiz. Ammo keyingi paytda farzandlarimizning mohir hunarmandlar qo‘lida kasb-hunar o‘rganishiga yetarli e’tibor berilmayapti. Vaholanki, ustoz ko‘rgan o‘g‘il-qizlarimiz domlasiga munosib bo‘lishga intiladi, ularning ko‘magi bilan hayotda o‘z o‘rnini topadi. Shu bois, hududlarda “ustoz-shogird” an’anasini kuchaytirsak, o‘ylaymanki, nur ustiga nur bo‘ladi. Bu ishga jalb etiladigan hunarmand ustalarni Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi”, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tajriba asosida, hududlarda Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishini e’lon qildi. Bu sanoat zonalarida o‘sib kelayotgan avlod vakillarining biznes loyihalari joylashtiriladi.

    “Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etiladi va unga 100 million dollar mablag‘ ajratiladi. Jamg‘arma yoshlarning loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay shartlarda va past foizlarda moliyalashtiradi. Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida beriladi”, – deydi Prezident

    Forumda mutasaddilarga shu borada ko‘rsatmalar berilgan.

    “Bugun o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan yoshlarimiz juda ko‘p. Lekin, hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan, adashgan, ko‘makka muhtojlari ham yo‘q emas. Shuning uchun yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiladigan ‘Yoshlar murojaati’ elektron platformasini yaratish vazifasi topshiriladi”, – deydi davlat rahbari.

    Navqiron avlod vakillarida biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

    Yaqinda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar aksariyat yoshlarimizda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka yetishmasligini ko‘rsatdi. Demak, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlarni yana-da kuchaytirish lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuni inobatga olib, kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali maxsus sertifikat olgan yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratish yuzasidan zarur choralar ko‘riladi. Bu kreditlar 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan beriladi.

    Ushbu maqsadlar uchun 2021-yilda 45 million dollar ajratilishi, shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida har bir viloyatga 100 milliard so‘mdan kredit mablag‘lari yo‘naltirilishi qayd etildi.

    “Bugun o‘g‘il-qizlarimizni qiynayotgan jiddiy muammolardan biri – o‘qishni tamomlagan yoshlar bandligi, – deya so‘zida davom etdi Prezident. – Ko‘plab maktab va kollej bitiruvchilari, ba’zan oliy ma’lumotli yigit-qizlar ham, ish topishda qiyinchilikka uchramoqdalar.

    Ma’lumki, hozirgi vaqtda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 7-11-sinf o‘quvchilariga ta’lim berish bilan birga ularni eng kamida bitta kasbga o‘rgatish amaliyoti joriy etilgan. O‘quvchi 11-sinfga o‘tdimi, u tuman yoki shahar hokimligining bevosita e’tiborida bo‘lishi belgilangan.

    Tashkilotlar yosh mutaxassisni ishga olishdan manfaatdor bo‘lishi kerak. Shu sababli, hukumatga yosh kadrlar uchun belgilangan sinov muddati davrida ish beruvchilarga imtiyozlar taqdim etish masalasini ko‘rib chiqish vazifasi topshiriladi”, – dedi Prezident.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash va yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash ham ustuvor vazifalardan biri.

    O‘tgan uch yil mobaynida mamlakat bo‘yicha 5 ming 100 tadan ortiq namunali yosh oilaga arzon uy-joylar qurilib, qariyb 200 milliard so‘m miqdorida boshlang‘ich badal pullari to‘lab berildi. Buning mantiqiy davomi sifatida 2021–2023-yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish vazifasi belgilandi.

    “Xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni asrab-avaylab keladi. Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat barqaror bo‘ladi. Bir narsani unutmasligimiz lozim: xonadonlarimizdagi tinchlik-totuvlik, avvalo, oiladagi sog‘lom muhitga, mustaqil hayot ostonasida turgan qizlarimizni oilaviy turmushga tayyorlash bilan bevosita bog‘liq”, – deydi davlat rahbari.

    2020-yilning o‘tgan 11 oyi davomida yosh oilalar o‘rtasida 25 mingga yaqin ajralish bo‘lgani afsus bilan qayd etildi.

    “Men bugungi imkoniyatdan foydalanib, keng jamoatchilikka, avvalambor, ko‘pni ko‘rgan mo‘tabar nuroniylarimizga, oqila va mehribon onalarimizga murojaat etmoqchiman. Bu og‘riqli masalada bizga yordam beringlar, deb iltimos qilaman. Oilaviy nizolarning oldini olish, ajrimlarni kamaytirish borasida siz, aziz yoshlarimiz ham, tashabbus va faollik ko‘rsatsangiz, men barchangizdan cheksiz minnatdor bo‘lar edim”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezidentning yoshlarga murojaati davom etmoqda.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani faollari va yoshlari bilan uchrashgani hamda Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilayotgan yoshlar forumi qatnashchilariga tabrik yo‘llagani haqida xabar berilgandi.

    25.12.2020, 18:59   Izoh (0)   21242
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahongir Ortiqxo‘jayev — tiktokerlarga: “Biz har doim siz bilan birgamiz”

    25.12.2020, 18:57

    “Navoiyazot”ning yangi kimyoviy majmuasida ilk karbamid mahsuloti olindi

    25.12.2020, 18:42

    O‘zbekiston va Qirg‘izistonning yirik shaharlari o‘rtasida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

    25.12.2020, 18:27

    Chiroqchida 16 soatgacha chiroq o‘chirilgani yuzasidan munosabat bildirildi

    25.12.2020, 17:10

    O‘zbekistonda dam olish kunlari havo sovuqlashib, qor yog‘ishi kutilmoqda

    25.12.2020, 16:52

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

    25.12.2020, 16:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.