Navoiy shahri markazida 27-dekabr kuni bayram archasi yonib ketdi. Hodisa joyidan video va fotolar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.
Yong‘in nima sababdan yuzaga kelgani hozircha noma’lum. Telegram’dagi kanallarda e’lon qilingan videolarda hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganini ko‘rish mumkin.
Navoiydagi bayram archasining yong‘indan keyingi ahvoli.Foto: Telegram / @navoiy_kanaluz
Avvalroq, 26-dekabr kuni Termizga o‘rnatilgan Surxondaryoning bosh archasi qulagani ma’lum bo‘lgan edi.
Termiz shahridagi qulagan bayram archasi, 2020-yil 26-dekabr.Foto: Telegram / @xushnudbek
Undan avvalroq, 23-dekabr kuni Farg‘ona shahrida Yangi yil archasi yonib ketgan edi.
Farg‘onadagi yonib ketgan bayram archasi, 2020-yil 23-dekabr.Kadr: Telegram / @toshonlayn
Izoh (0)