Toshkent metropolitenining yangi ochilgan “Sergeli” yo‘nalishi bekatlaridan metroga chiqish 1-yanvargacha bepul bo‘ladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
26-dekabr kuni soat 16:00 dan boshlab Toshkent metropolitenining “Sergeli” yo‘nalishi xizmat ko‘rsata boshladi. 1-yanvar soat 8:00 ga qadar ushbu yo‘nalishda yangi ochilgan “1-bekat”, “2-bekat”, “3-bekat”, “4-bekat”, “5-bekat” stansiyalaridan metroga chiqish bepul bo‘ladi.
Bu Toshkentda 2020-yilda ishga tushirilgan 10—15-metro bekatlari bo‘ldi. 29—30-avgust kunlari yerusti halqa metro yo‘lining birinchi navbati (“Do‘stlik-2” — “Qo‘yliq” oralig‘i)dagi yettita va “Yunusobod” yo‘nalishida ikkita yangi stansiya foydalanishga topshirilgan edi.
Eslatib o‘tish joiz, Toshkent metropoliteni Mustaqillik bayrami munosabati bilan uch kun — 31-avgust — 2-sentabr kunlari yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatgan edi.
Izoh (0)