• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan 1 mln dollar pul yo‘qolgani xabar berildi. U aroqdan bo‘shagan qutida saqlangan

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Moskvadagi bosh binosidan bir million dollardan ziyodroq pul yo‘qolgan, deb yozadi Meduza. Bu haqda “REN TV” telekanali hech qanday manbalarga tayanmagan holda xabar bergan. Hodisa bir yil oldin yuz bergan, ammo shu paytgacha bu haqda ma’lum bo‘lmagan.

    Rossiya TIV binosi.

    Rossiya TIV binosi.
    Foto: Shutterstock

    Pul TIV valyuta-moliya departamenti yetakchi ekspert-mutaxassisi Natalya Agalsovaning kabinetidan yo‘qolgan. Buni 2019-yil 19-dekabrda, Agalsova yirik qiymatdagi pulni bankka topshirishi kerak bo‘lgan kuni payqab qolishgan.

    Bundan 20 kun avval u bir yarim million dollarni Rossiyaning Erondagi elchixonasidan olgan. Bu konsullik xizmatlari uchun to‘lov bo‘lgan. Elchixona AQShning Eronga qarshi sanksiyalari tufayli pulni bank o‘tkazmasi orqali yubora olmagan, shu sababli u Rossiyaga diplomatik pochta bilan jo‘natilgan. “REN TV” qayd etishicha, bunday amaliyot nafaqat Rossiya, balki boshqa mamlakatlar diplomatik muassasalari uchun ham xosdir. Bir yarim million dollar “Absolyut” arog‘idan bo‘shagan qutida yetib kelgan.

    Pul bankka topshiriladigan kuni Agalsova boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini yomon his qilayotgani va ishga kechroq kelishi haqida ogohlantirgan. Uning kabinetini ochib, yarmigacha naqd pul bilan to‘ldirilgan inkassator sumkasini topishdi. Taftish natijasida Agalsovaning kabinetida umumiy qiymatdan 1,066 million dollar kamomad aniqlangan. 16-dekabr kuni o‘tkazilgan avvalgi taftishda esa hamma pullar joyida bo‘lgan. Kuzatuv kameralari Agalsovaning 18-dekabr kuni kabinetdan ikkita “hajmdor paketlar” bilan chiqib ketganini ko‘rsatgan.

    TIV xodimasi qo‘lga olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 16-dekabr kuni unga bankka topshirish uchun 1,38 million dollar pulni tayyorlash buyurilgan. U “Absolyut”dan bo‘shagan qutini ochib, ko‘rsatmalarga qaramasdan, pulni bir o‘zi sanab chiqa boshlagan. Qutida 150 dasta 100 dollarlik kupyura bo‘lishi kerak edi. Biroq Agalsova iddao qilishicha, 100 dollarlik dastalar faqat tepa qatorda bo‘lgan; pastda esa puch dastalar bo‘lgan — ularning faqat birinchi qavatidagi kupyuralar 100 dollarlik bo‘lgan, qolgan hammasi esa bir dollarlik bo‘lgan.

    Agalsova sarosimaga tushib qolganini va kamomadning bir qismini kassadagi pullar hisobidan, yana bir qismini esa o‘zining 200 ming dollar jamg‘armasi va uch million rubllik kredit hisobidan yopishga qaror qilganini aytdi. Ammo unga kredit berishmagan. 19-dekabr kuni ertalab u o‘zi birga yashagan Vasiliy Makovoz nomiga vasiyatnoma rasmiylashtirib, dala hovliga ketgan. U yerda, Agalsovaning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilishga uringan, ammo bu muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. Keyinroq u dala hovlida qo‘lga olingan.

    Agalsova bilan birga Makovoz ham qo‘lga olingan. Uning aytishicha, 18-dekabr kuni Agalsova dala hovliga kelib, ishda muammolari borligini aytgan va stol ustiga bir dasta pul qo‘ygan. Bu yerda 20 ming dollar borligini va uni dala hovlidagi qo‘shniga saqlash uchun berish kerakligini aytgan. Agalsovaning o‘zi qo‘shnisiga 200 ming dollar berganligini aytgan. Politsiya esa qo‘shnidan 149 ming dollar pul topgan.

    Makovozga ayblov e’lon qilmasdan qo‘yib yuborishgan. U Agalsova ko‘rsatgan pul qayerdan kelganini bilmagani, uni Agalsovaning o‘z jamg‘armasi deb o‘ylaganini aytganidan keyin gumonlanuvchi emas, guvohga aylangan. Agalsovaning o‘zi talon-torojda ayblanmoqda. U hibsda saqlangan, lekin u dastlab uy qamog‘iga o‘tkazildi, keyin esa chiqib ketmaslik haqidagi tilxat bilan ozod etildi. TIVdan yo‘qolgan pullar haligacha topilmagan. Yolg‘on detektorida o‘tkazilgan tekshiruv ko‘rsatishicha, Agalsova pullarning qayerdaligini biladi, deya qayd etadi “REN TV”.

    TIV pul yo‘qolganini tasdiqlagan. “2019-yilda Rossiya TIV Valyuta-moliya departamenti kassasidan yirik qiymatdagi naqd pul yo‘qolganini aniqladi. Pullarning yo‘qolishi holati bo‘yicha vazirlik rahbariyati darhol huquq-tartibot organlariga murojaat qildi. Tekshiruv chog‘ida valyuta-moliya departamenti xodimasiga ayblov qo‘yildi”, — deya ma’lum qildi muassasa vakili “RIA Novosti”ga.

    Ish bo‘yicha tergov yakunlangan, sud 30-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi “Moskva” agentligi.

    Mavzuga doir:

    • Urganchda bankdan qariyb 23 ming dollar o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
    • Xalq bankining Farg‘onadagi filiali pul omboridan 100 ming dollar o‘g‘irlagan jinoiy guruhga sud hukmi o‘qildi

    25.12.2020, 12:38   Izoh (0)   36843
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy osmonidan katta olovli shar uchib o‘tdi (video)

    25.12.2020, 09:35

    Qirg‘iziston koronavirusga qarshi 1,2 mln doza vaksina sotib oladi

    25.12.2020, 09:07

    Italiyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2 million kishidan oshdi

    25.12.2020, 08:21

    Fransiya Pfizer vaksinasini foydalanish uchun ma’qulladi

    25.12.2020, 06:54

    Forbes sog‘liqni saqlash sohasida paydo bo‘lgan 50 nafar yangi milliarderni ma’lum qildi

    25.12.2020, 01:23

    Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Brexit bo‘yicha savdo bitimini imzoladi

    24.12.2020, 23:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.