Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 14-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 23-dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Inter” jamoasi “Verona” mehmoni bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Lautaro Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqada mezbonlar Ivan Ilichning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Milan Shkrinyar mehmonlarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Turning markaziy o‘yini “Milan” va “Latsio” jamoalari o‘rtasida kechdi. Avvaliga milanliklar Ante Rebich va Xoqon Chalxono‘g‘luning gollari evaziga oldinga o‘tib oldi. Birinchi bo‘limda mehmonlar bunga Luis Albertoning kiritgan to‘pi bilan javob berdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Chiro Immobile muvozanatni tikladi. So‘nggi daqiqalar milanliklarning ustunligida o‘tdi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Teo Ernandes g‘alaba to‘pini kiritdi.
Yangi murabbiy qo‘l ostida o‘tgan “Jenoa” mavsum debyutanti hisoblangan “Spetsiya” maydoniga safar qildi. Dastlab o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan genuyaliklar Mattia Destro va Bomeniko Krishitoning gollari evaziga natijani o‘z tomoniga og‘dirdi. Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov zaxirada qoldi.
“Napoli” o‘z maydonida “Torino”ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. “Roma” gollarga boy bo‘lgan o‘yinda “Kalyari”ni yengdi. “Atalanta” esa ikkita to‘p farqi bilan oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Barcha uchrashuvlarda kiritilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.
14-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
A Seriya
14-tur bahslari
23-dekabr, chorshanba
“Verona” — “Inter” 1:2
Gollar: 0:1 – 51 Martines, 1:1 – 63 Ilich, 1:2 – 69 Shkrinyar.“Verona”: Silvestri, Davidovich (Lovato, 31; Gyunter, 59), Manyani, Chekkerini, Faraoni, Tamez, Velozu, Dimarko, Kolli (Ryuegg, 53), Zakkanyi (Lazovich, 53), Salsedo (Ilich, 46).
“Inter”: Handanovich, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Hakimi, Brozovich, Barella, Yang, Perishich (Vidal, 70), Martines (Galyardini, 87), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Davidovich (29), Brozovich (45), Zakkanyi (45), Dimarko (64), Manyani (79), Bastoni (83).
“Milan” — “Latsio” 3:2
Gollar: 1:0 – 10 Rebich, 2:0 – 17, penalti Chalxanoglu, 2:1 – 27 Luis Alberto, 2:2 – 59 Immobile, 3:2 – 90+2 Teo.“Milan”: Donnarumma, Kalulu, Romanyoli, Teo, Kalabriya (Diogu Dalot, 90), Salemakers (Kastilyexo, 64; Maldini, 90), Krunich, Tonali, Chalxano‘g‘lu, Rebich, Rafael Leau (Heuge, 79).
“Latsio”: Reyna, Gabarron (Xudt, 88), Radu, Luis Felipe, Latssari, Milinkovich-Savich (Akpa-Akpro, 73), Marushich, Eskalante (Kataldi, 46), Luis Alberto, Korrea (Muriki, 32), Immobile (Pereyra, 74).
Ogohlantirishlar: Eskalante (39), Krunich (41), Luis Alberto (64), Teo (78), Akpa-Akpro (80), Muriki (88).
“Spetsiya” — “Jenoa” 1:2
Gollar: 1:0 – 10 Nzola, 1:1 – 15 Destro, 1:2 – 73, penalti Krishito.“Roma” — “Kalyari” 3:2
Gollar: 1:0 – 11 Veretu, 1:1 – 59 Joao Pedro, 2:1 – 71 Jeko, 3:1 – 77 Manchini, 3:2 – 90, penalti Joao Pedro.“Napoli” — “Torino” 1:1
Gollar: 0:1 – 56 Itsso, 1:1 – 90+2 Insinye.“Bolonya” — “Atalanta” 2:2
Gollar: 0:1 – 22, penalti Muriel, 0:2 – 23 Muriel, 1:2 – 73 Tomiyasu, 2:2 – 82 Pas.“Sampdoriya” — “Sassuolo” 2:3
Gollar: 0:1 – 2 Traore, 1:1 – 55 Kualyarella, 1:2 – 56 Kaputo, 1:3 – 58 Berardi, 2:3 – 84 Keyta Balde.“Udineze” — “Benevento” 0:2
Gollar: 0:1 – 9 Kaprari, 0:2 – 77 Letitsia.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)