Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Norvegiyada 2020-yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
20 yoshli Holand ovoz berish jarayonida “Milan” vakili Yens Heuge hamda “Leypsig” a’zosi Aleksandr Syorlotni ortda qoldirdi.
Qayd etish joiz, Holand avvalroq Golden Boy—2020 sovrinini o‘ziniki qilgandi.
Erling Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumida 8 o‘yin o‘tkazib, 10 gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi. Ayni vaqtda futbolchi jarohatini tiklash bilan band.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)