“Real” prezidenti Florentino Peres koronavirus pandemiyasining klubga ta’siri hamda jamoa ustozi Zinedin Zidan haqida gapirdi.
“Muxlislarsiz o‘yin o‘tkazish — bu eng og‘iri. Ularning yo‘qligi daromadlarning tushib ketishiga olib keldi. Bizning boshqaruv uslubimiz aniqlikka asoslangan. Shu boisdan kelajakka boqishda davom etish uchun xarajatlarni qisqartirishga majbur bo‘ldik.
Zidan — “Real” timsoli. Ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida. Biz bu jamoaga tarkibdagi hammaga uning sardori Ramosga ishongandek ishonamiz”, — deydi Peres.
Ma’lumot uchun, “Real” ayni damda La Ligada 14 ta o‘yindan so‘ng 29 ochko bilan peshqadamlikni “Atletiko” bilan bo‘lishib turibdi. Madrid klubi 23-dekabr kuni navbatdagi tur doirasida “Granada”ga qarshi maydonga tushadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)