Transfermarkt portali 2020-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Mavsum ramziy terma jamoasidan olti nafar “Paxtakor” vakili o‘rin olgan bo‘lsa, “Nasaf”ning uch o‘yinchisi top-11 ga kirgan.
Mazkur jamoaning umumiy transfer qiymati 7,35 million yevroni tashkil qilgan.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra Superliga—2020 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);
Himoyachilar: Farrux Sayfiyev, Anzur Ismoilov (ikkisi — “Paxtakor”), Husniddin Aliqulov (“Nasaf”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”);
Yarim himoyachilar: Marko Stanoyevich (“Nasaf”), Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Paxtakor”);
Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Dragan Cheran (barchasi — “Paxtakor”);
Bosh murabbiy: Shota Arveladze (“Paxtakor”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)