• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Qimmat ko‘chadagi uy, mashinalar va mo‘maygina daromad. “Liverpul” xaloskori Yurgen Klopp qanday hayot kechiradi?

    Dortmundning “Borussiya” klubidagi bir qancha muvaffaqiyatli mavsumlardan so‘ng “Liverpul” boshqaruvini qabul qilib olgan Yurgen Klopp qisqa vaqt ichida Mersisayd klubining avvalgi mavqeyini tiklash bilan birga, jamoaga Chempionlar Ligasi va Angliya Premyer Ligasidagi g‘alabalarni ham taqdim etdi. Tabiiyki, bu uni mashhurlik cho‘qqisiga olib chiqdi, ko‘plab futbol ishqibozlari esa uning personal muxlisiga aylandi. Quyida Kloppning muxlislari uchun murabbiyning qanday hayot kechirishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Qayerda yashaydi?

    Klopp Angliyaga ko‘chib o‘tganidan keyin (2015-yilda) Liverpuldagi mehmonxonalarning biriga joylashadi. Ammo biroz vaqt o‘tgach, murabbiy Liverpuldan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Irlandiya dengizi sohilidagi Formbi shaharchasidan o‘ziga yangi uy topishga muvaffaq bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kloppning uyi joylashgan hudud Mersisaydning eng qimmat ko‘chasi hisoblanadi. Uyning narxi, taxminan, 2 million yevroni tashkil qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Klopp ushbu uyni sotib olmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hashamatli uy yoki “Liverpul”ga tegishli, yoki ijara haqini klub to‘lab beradi.

    Mashinalari

    Kloppning “Liverpul”dagi daromadi (bu haqida keyinroq) hisobga olib, uning avtoparkini hashamatli deb atash mushkul: Yurgenning birinchi avtomobili 22 ming dollarlik qora rangdagi Opel Insignia bo‘lsa, ikkinchisi oq rangdagi Opel Insignia (narxi ham shunday).

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Gap shundaki, germaniyalik mutaxassis nemis kompaniyasining Buyuk Britaniyadagi elchisi hisoblanadi, shuning uchun unga boshqa mashinalarni boshqarish yoki xarid qilish taqiqlangan. Yuqoridagi mashinalar esa unga tekinga tushgan.

    Shaxsiy hayoti

    Foto: Eurosport

    Foto: Eurosport

    Klopp ikkinchi yarmi bilan hayot yo‘llarini uzoq 2005-yilda bog‘lagan. O‘sha vaqtlarda ma’lumoti bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lgan Ulla (Kloppning rafiqasi) ofitsiant sifatida faoliyat yuritardi va futbolni umuman tushunmasdi. Klopp bilan tanishish esa uning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi, Ulla nafaqat futbolga mehr qo‘ydi, balki bolalar uchun ushbu sport turi  haqida kitob ham yozdi. Ulla tez-tez “Liverpul” o‘yinlariga tashrif buyurib turadi.

    Foto: Reviersport

    Foto: Reviersport

    Kloppning birinchi turmushidan Mark ismli o‘g‘li bor. U ma’lum vaqt davomida “Borussiya D”ning asosiy jamoasida ham o‘ynagan, biroq jarohati sabab faoliyatini erta yakunlashga majbur bo‘lgan.

    Futboldan tashqari qiziqishlar

    Klopp oilaparvar inson bo‘lib, asosiy vaqtini rafiqasi va iti bilan birga o‘tkazadi. Dam olish kunlari esa Yurgen odatda iti bilan sayrga chiqadi, u og‘ir o‘yinlardan keyin asablarini shu tarzda tinchlantiradi.

    Foto: Bleacher Report

    Foto: Bleacher Report

    Bundan tashqari “Liverpul” ustozini ko‘pincha mahalliy The Freshfield pabidan ham topish mumkin. Shinamgina pab Yurgenning uyidan bor-yo‘g‘i 3 daqiqalik masofada joylashgan va Britaniyaning eng yaxshi pablaridan biri sifatida tan olingan.

    Daromadi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Yuqorida ta’kidlanganidek, Yurgen 2015-yildan “Liverpul”ni boshqarib kelmoqda, uning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2022-yilning iyuniga qadar amal qiladi. Klubdagi maoshi esa bonuslar birgalikda yiliga, taxminan, 16 million yevroni tashkil qiladi. Ammo Kloppning ko‘plab taniqli shaxslar singari, boshqa daromad manbalari ham bor.

    Aytishlaricha, Puma, Opel va yana bir nechta kompaniyalar bilan imzolangan reklama shartnomalari mutaxassisga yiliga yana 15 million yevroni taqdim etadi. Shu tariqa Yurgenning yillik daromadi 31 million yevroga yetadi. Klopning deyarli katta xaridlarni amalga oshirmasligi hisobga olinib aytilsa, u faoliyatining oxiriga borib yaxshigina pul g‘amlab qo‘yishi aniq.

    Boshqa maqolalar:

    • Mehmonxonadagi uy, “samoviy” maosh, mashinalar. Futbol olamini ostin-ustun qilib yuborgan Pep Gvardiola qanday hayot kechiradi?
    • Uy, oila, mashinalar va xayriyalar. Futbol dahosi Zinedin Zidanning hashamatli hayoti
    • Futboldan tashqari qiziqishlar, mashinalar va bir uyum reklama shartnomalari. Benazir Joze Mourinyo qanday hayot kechiradi?
    • Elita boyvachchalari. APLning eng yaxshi murabbiylari qancha maosh oladi?

    17.12.2020, 16:04   Izoh (0)   36842
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Milan” A Seriyada 72 yillik rekordni yangiladi

    17.12.2020, 15:03

    Eldor Shomurodov harakat qilayotgan “Jenoa” jamoasi bosh murabbiyi: “Tarkibdagi barchaning hujumkor harakatlarda ishtirok etishini istayman”

    17.12.2020, 14:21

    Liga 1. PSJ Mbappe va Moyze Kinning gollari evaziga zafar quchdi, “Lion” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    17.12.2020, 10:49

    Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Raqib o‘ta jiddiy, u sobiq chempion

    17.12.2020, 10:24

    Bundesliga. “Bavariya” Robert Levandovskining dubli evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi, “Leypsig” safardan 3 ochko bilan qaytdi

    17.12.2020, 10:04

    APL. “Liverpul” so‘nggi daqiqadagi gol evaziga “Tottenhem”ni yengdi, “Arsenal” yana ochko yo‘qotdi

    17.12.2020, 04:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun kreditlar ajratiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 10:35

    Alisher Nikimbayev: “FIFA tarixda ilk bor bir yil ichida ikki xil o‘zbekistonlik hakamlar brigadasini musobaqalarga tayinladi”

    Sport | 25 avgust, 10:25

    “Falastin 36” filmi “Oskar” mukofotiga rasman nomzod bo‘ldi

    Kino | 25 avgust, 10:25

    Lavrov: “Ukraina Putin shartini bajarsagina, mavjud bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi”

    Dunyo | 25 avgust, 10:11

    Ronaldu tarixiy natija qayd etdi

    Sport | 25 avgust, 09:49

    Qancha iste’mol qilinsa ham semirtirmaydigan 15 ta foydali mahsulot

    Go‘zallik | 25 avgust, 09:45

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida 300 ga yaqin asirlar almashildi (foto)

    Dunyo | 25 avgust, 09:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.