Internetda tugmasi bosilganida qopqog‘i shaffof ko‘rinishga kiradigan smartfonning videosi tarqaldi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
Videoda yaqin oylar ichida taqdim etilishi kutilayotgan Nubia Red Magic 6 smartfoni tasvirlangan. Aftidan, geymerlar uchun mo‘ljallangan smartfon dizayni uning asosiy yutug‘iga aylanadi — korpus qopqog‘i sifatida “aqlli” yoki elektroxrom shishadan foydalanilgan.
Ushbu material odatdagi rejimda to‘liq shaffof, xuddi oynadek, biroq unga kuchsiz elektr zaryadi yuborilsa, u qorayadi. Shu sababli smartfon qopqog‘ida alohida shaffof sohani paydo qilish mumkin. U orqali qurilma konstruksiyasini to‘liq ko‘rish yoki butunlay qoraytirib qo‘ysa bo‘ladi. Mazkur g‘oya faqatgina dizayn uchun bo‘lib, uning funksionalligi yo‘q.
Oldinroq bu kabi materialdan OnePlus konseptual smartfonida ham foydalanilgan edi, biroq unda orqa qopqoq emas, balki kamera obyektivi qoplangan.
Mavzuga doir: Samsung shaffof ekranga ega smartfon yaratadi
Izoh (0)