Robotlashtirilgan manipulyatorlar yordamida smartfonlarni sinovdan o‘tkazuvchi PhoneBuff resursi bu safar yangi iPhone 12 Pro Max va Samsung Galaxy Note20 Ultra’ning avtonomligini o‘zaro taqqosladi, deb xabar beradi IXBT.
Ma’lumot uchun, qurilmalarning birinchisiga 3687 mA/soatli, ikkinchisiga esa 4500 mA/soatli akkumulyator o‘rnatilgan. Samsung’ning modeliga kattaroq displey qo‘yilgan, uning 120 gertsi yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.
E’lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, sinovda Apple flagmani g‘olib chiqqan. U 10 soat-u 20 daqiqa davomida ishlab, 8 soat 55 daqiqa avtonomlikni namoyish etgan raqibini ortda qoldirgan. Oradagi farq u qadar katta bo‘lmasa ham sezilarli.
Videoga diqqat bilan e’tibor qaratilsa, Galaxy Note20 Ultra telefon qo‘ng‘irog‘i va video tomosha qilish rejimida biroz yomonroq natijani ko‘rsatgan, kutish rejimida esa iPhone qurilmasidan kamroq energiya sarflagan.
Avvalroq iPhone 12 egalari smartfon ekrani blokda bo‘lganda ham akkumulyator sarfi ko‘pligidan shikoyat qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)