O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 12-dekabr kuni Istanbulning Chatalja tumanida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1986-yilda tug‘ilgan X.X. jarohat olib, vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib, 1993-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi D.X. qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
Ma’lum qilinishicha, bosh konsulxona ushbu holatni nazoratga olgan, marhumning qarindoshlariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Marhumning jasadini 16-dekabr kuni O‘zbekistonga yuborish rejalashtirilgan.
Avvalroq Turkiyada 31 yoshli o‘zbekistonlik tilanchi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Marhumning jasadi yaqinlari tomonidan O‘zbekistonga yuborilgan.
Izoh (0)