• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoidabuzarlik haqida xabar berish — illatmi yo fazilat?

    So‘nggi yillarda qonunchiligimizda fuqarolarning qoidabuzarliklar haqida tegishli tashkilotlarga ma’lumot berishini rag‘batlantiruvchi bir qator normalar paydo bo‘ldi. Xususan, yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etib, ichki ishlar organlariga ma’lumot yetkazganlik uchun moddiy rag‘bat yoki yo‘llardagi harakat qoidalari buzilishini qayd etuvchi kameralarning autsorsing asosida xususiy sektorga berilishini nazarda tutuvchi kuni kecha qabul qilingan Prezident qarori shular jumlasidandir.

    Jamiyatda ushbu masala yuzasidan bahs-munozara qizidi: bir tomon buni jinoyatchilikka qarshi kurashning rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanib joriy etilgan zamonaviy usuli desa, boshqa tomon chaqimchilik, sotqinlik, xoinlik deb baholamoqda.

    Keling, ushbu qarashlarning falsafiy, ma’naviy va axloqiy ildizlarini tahlil qilib ko‘ramiz. Zoraki, bu bir-birimizni tushunish uchun qadam bo‘ladi.

    Atama

    Chaqimchi – birovning gapini birovga tashuvchi, biron kimsaning sirini ochuvchi, birovlar ustidan maxfiy xabar yetkazib turuvchi.

    Xabar yetkazuvchi (informator, whistleblower) – davlat muassasasi, jamoat joylari yoki xususiy korxonalarda mavjud yoki ehtimolli qoidabuzarliklar haqida xabar yetkazuvchi, fosh qiluvchi ijtimoiy faol fuqaro.

    Nega ularni yoqtirmaymiz?

    Sovet o‘tmishiga ega davlatlarda tegishli organlarga qoidabuzarlik haqida ma’lumot yetkazish aksar hollarda “birovni sotish, ustidan yozib berish” sifatida yomon illat deb qabul qilinadi. Buning sababi esa, albatta, tarixiy o‘ziga xoslik va tajribalarga borib taqaladi.

    Eng asosiy 2 ta tarixiy sababni sanash mumkin.

    Birinchi sabab – siyosiy qatag‘onlar. O‘tmishda xalqimiz mustamlaka bilan birga bir necha milliy, diniy, siyosiy xarakterga ega qatag‘onlarni ham boshdan kechirdi. Bu qatag‘onlarda “xabar yetkazuvchi”lar muhim rol o‘ynagani sir emas. Yetkazilgan xabarlarning rost yo yolg‘onligi, dalillangan yo dalillanmagani muhim emasdi ko‘pda.

    Davlatning o‘zi ham yetkazilgan dalillar va ma’lumotlarning haqqoniyligini muhim deb bilmagan, bundan manfaatdor bo‘lmagan va ko‘pda faktlardan o‘z qatag‘on siyosati yo‘lida foydalangan.

    Ya’ni xabar yetkazuvchilarning faoliyati jamiyatni tozalash va rivojlantirishga – ezgulikka emas, nohaq qatag‘on mashinasiga – yovuzlikka bevosita va bilvosita xizmat qildi.

    Ikkinchi sabab – jinoyat olami. Xabar yetkazuvchilarga “quloq”, “sotqin”, “terpila”, “stukach” kabi haqoratomuz nomlar aynan sovet davrida qo‘yilgan va hamon o‘sha tagma’nolari bilan iste’molda.

    “Terpila”, “stukach” deganda u yoki bu xatti-harakat haqida kimgadir arz qilish tushuniladi. Ushbu atamalarning bugun biz tushungan ma’nolarda qo‘llanishi 80-90-yillardagi ijtimoiy holatga va kriminal submadaniyatga borib taqaladi.

    O‘sha davrlarda butun sho‘ro mamlakatlarida avj olgan kriminal shaxslarning obro‘si ortishi, “ko‘cha” tartiblari va uning ortidan “ko‘cha” submadaniyatining paydo bo‘lishi, jinoiy to‘daboshilarning hatto davlat ishlari va siyosatga ham aralashib, obro‘li insonlar, davlat mulozimlarining ular bilan bir dasturxonda o‘tirishi va bundan g‘ururlanishi avj oldi.

    Natijada “ko‘cha” madaniyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan davlat organlariga ma’lumot yetkazmaslik, muammolarni o‘ziga xos yozilmagan qoidalar asosida hal qilish, davlat organlari bilan hamkorlik qilganlarni qoralash odatlari paydo bo‘ldi.

    Bora-bora bu odatlar an’anaga aylanib, millat zehniyatiga singdi va rivojlangan, dunyo amal qiladigan tartiblarni g‘ayrioddiy, noto‘g‘ri ishdek tushunish boshlandi. Ya’ni tushunchalar o‘rni almashib qoldi, ezgulik va yovuzlik haqidagi fikrlar va qarashlar qayta shakllandi.

    Hozir jamiyatda ko‘pchilik ana shu “vor v zakone”lar iste’molga kiritgan tushunchalar ta’sirida ekanini ko‘pincha sezmaydi ham.

    Biroq o‘tmish fobiyalaridan voz kechib, o‘zini qayta tarbiyalay olgan jamiyatlar rivojlanadi. Shunga ko‘ra ayrim tushuncha va qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqish davri keldi.

    Rivojlangan jamiyatlarda qanday?

    Amerikalik talabadan “ko‘chirmakashlik qilish” va “ko‘chirmakashlik haqida professorga xabar yetkazish” degan ikki xatti-harakatga axloqiy baho berishini so‘rasangiz, u “ko‘chirmakashlik – yomon, u haqida prefossorga ma’lum qilish yaxshi” deb javob beradi. Ya’ni ko‘chirmakashlik – qoidalarning hammaga teng qo‘llanilishi prinsipiga zid harakatdir. Bu haqida aytib berish esa – adolatni tiklashdir.

    Ijtimoiy tarmoq o‘zbek segmenti foydalanuvchilaridan biri yozadi: “Oliy ta’lim dargohiga kirishda olti marta yiqildim, yettinchi yil test topshirishda auditoriyada kim shpargalkadan foydalanyapti, kim telefondan, kimning ishini olib chiqib yechib kelishyapti, sezganimni janjal qilib bayonnoma tuzdirdim, chunki u kabilarni deb necha yildirki, universitetga kira olmayotgandim. Oxiri shu tarzda hammaga teng sharoit va imkoniyatlar berilishini talab qilib o‘qishga kirdim.”

    Rivojlangan mamlakatlarda davlat va xususiy sektorda turli xil jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni fosh qilish uchun “whistleblowing” instituti joriy qilingan. Unga ko‘ra, tashkilotlarda sodir bo‘layotgan jinoyatchilik to‘g‘risida xabar berib turuvchi maxsus xodim tayinlanadi.

    Bundan tashqari, AQShda va Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida korrupsionerning davlatga yetkazgan zararini qoplash uchun sud qarori bilan uning mulki musodara qilingach, shu mulkdan ma’lum foizlarni jinoyat haqida xabar yetkazuvchiga to‘lab berishni kafolatlovchi normalar mavjud.

    E’tiborli jihati, qonunbuzarliklar haqida xabar berish nafaqat qonunchilikda belgilab qo‘yilgan norma, balki jamiyatda ham normal qabul qilinadigan harakatdir.

    Albatta, xabar yetkazuvchilarga nisbatan munosabat doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Shu sababli “vistlblover”larning huquqlarini himoya qilish uchun millionlab pul sarflanadi.

    Biroq buning jamiyat va davlat uchun oxir oqibat katta foydasi bor. Masalan, Niderlandiyada bitta xabar beruvchini himoyalash uchun sarflangan har bir yevro oqibatda davlat g‘aznasiga 22 yevro olib kelgan, Ruminiyada esa bu ko‘rsatkich 319:1 dan 532:1 gacha yetadi.

    Ya’ni qonunbuzarlik haqida xabar beruvchining yetkazgan ma’lumotlari orqali bartaraf etilgan jinoyatlar tufayli davlat ko‘rishi mumkin bo‘lgan shuncha zararning oldi olinadi.

    Qonunmi yo odatlar?

    Bir asosiy jihatni e’tiborda tutish zarur: har qanday ma’lumot ham fakt bo‘lavermaydi. Xabar yetkazuvchilar faoliyatini oqlovchi va axloqiy jihatdan asoslovchi asosiy omil – bu ular yetkazayotgan ma’lumotning haqqoniyligidir. Mohiyatan, xabar yetkazuvchi xabar, ma’lumot yo xulosa emas, asosan, DALIL yetkazadi. Uni tekshirish va adolat o‘rnatish davlat zimmasida.

    Ko‘rinib turibdiki, qonun ustuvor jamiyatlarda qoidabuzar haqqoniy javobgarlikka tortiladi, demak, xabar yetkazuvchi bu adolatning yuzaga chiqishiga yordam beryapti, ezgulikka xizmat qilmoqda deb qaraladi.

    Bizda esa aksincha: xabar berish – o‘zinikilarni sotish deb baholanyapti. Ya’ni qonunlarga, tartiblarga amal qilish emas, guruhlarga, o‘zinikilarga yoki aynan bir shaxsga sodiq bo‘lish, sadoqat ko‘proq qadrlanadi. Qonunga itoat emas, nimagadir yo kimgadir sadoqat muhimroq.

    Bunday sharoitda, tabiiyki, na korrupsiyaga va na boshqa qoidabuzarliklarga qarshi jamoatchilik nazorati asosida kurashish yetarli samara beradi. Chunki odamlar belgilanmagan joylarga axlat tashlaydiganlarga, ayolini kunda do‘pposlaydigan zo‘ravonga, ko‘chada bolani o‘g‘irlab ketayotgan notanish shaxsga... toqatli va befarq bo‘lib boraveradi – “baribir foydasi yo‘q”, “menga nima” kabi qarashlar bilan.

    Fuqarolarning davlat organlariga qoidabuzarlik haqida ma’lumot yetkazishni yoqlamasliklariga yana bir sabab, ularda ayrim davlat organlariga ishonchning yetarli darajada shakllanmaganligidir. Ular uchun davlat – formal qoidalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi kuch, xolos.

    Amalda ko‘proq yozilgan qonunlar emas, yozilmaganlari ishlaydi va ular orasida sadoqat, o‘zinikilarni sotmaslik katta ahamiyatga ega. Qoidalar va odatlarga munosabat taxminan mana bunday:

    “Yozilgan qoidalar davlatniki, yozilmagan qoidalar, an’analar – xalqniki. Yozilgan qoidalarni buzish mumkin, yozilmaganlariga albatta amal qilish kerak. Bo‘lmasa, odamlar nima deydi, jamiyat qabul qilmaydi. Yozilgan qoidalar amaldorlarga “pul qilish” uchun kerak, xolos”.

    “O‘ziniki” va “ular” degan tushunchalar ham ana shu negizda shakllangan: biz va davlat, biznikilar va davlat odami, xalq va amaldorlar. Rivojlangan mamlakatlardagi fuqaro – davlat xizmatchisi, saylovchi – nomzod, xalq – lider kabi farqlanish yetarlicha singmagani va buning tub sabablari asli bizning muammolarimiz ildizidir balki.

    Nima qilmoq kerak?

    Qonun ustuvor bo‘lishida davlatning ham, jamiyatning ham o‘ziga yarasha mas’uliyati bor. Tomonlar qoidalarni kelishib olsalar va ularga amal qilsalar kifoya.

    Davlat organlari zimmasidagi mas’uliyat qonunlarning hammaga birdek qo‘llanilishi, shohga ham, gadoga ham jazo muqarrarligini ta’minlash, adolatli va huquqqa zid bo‘lmagan (buzishga majbur qilmaydigan) qoida va tartiblarning yaratish bilan ifodalanadi.

    Jamiyat esa jarayonlarda o‘zini talab qiluvchi va tomoshabin emas, ishtirokchi va tashabbuskor sifatida ko‘rishi kerak.

    Aslida mamlakat davlat xizmatchilari deb ataluvchi bir guruh odamlarniki emas, hammaniki, xalqniki. Hammamiz davlatmiz – qonunlar ham, unga rioya etadiganu etmaydigan fuqarolar ham.

    Davlat tuzilmalari hammaning hamma joyda qonunga rioya etib yashashini ta’minlab bera olmaydi, fuqarolar ham birdek qonunga itoatkor emas. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda jamoatchilik nazorati degan tizim shakllangan. Bu xuddiki ichki audit degandek.

    Dunyoga boqsangiz, amin bo‘lasizki, faqat kuchli rivojlangan fuqarolik jamiyati va kuchli fuqarolik pozitsiyasiga ega odamlari bo‘lgan jamiyatlar rivojlanyapti.

    Agar hammasi to‘g‘ri amalga oshirilsa, qoidabuzarliklar haqida xabar berishdan jamiyatga foyda keladi, “chaqimchilik” degan salbiy so‘z o‘rnini “faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxs” degan ijobiy atama egallaydi. Chunki xabar beruvchilar jamiyatni tozalash, qoidabuzarliklarni kamaytirish uchun, ya’ni ezgulikka xizmat qilgan bo‘ladilar. O‘zbek xalqi zehniyati yangi, zamonaviy axloqiy kategoriya bilan boyiydi.

    Vistlbloverlik faoliyatining yurtimizdagi istiqboli masalasiga kelsak, chegaralar kengayishi, yangi sohalarga tatbiq etilishi davom etadi. Albatta, barchasi qonun doirasida, zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda shaffof va tizimli ravishda rivojlanib boradi degan umiddaman.

    Natijalar ko‘rina boshlasa, jamiyatning ham bunga munosabati o‘zgaradi: qonuniylikni ta’minlash hammaning ishi bo‘ladi, qonunlarni o‘qishadi, ular haqida tobora ko‘proq o‘ylay va gapira boshlashadi. Yozilgan qonunlar hamma jabhalarda ustuvorlikka ega bo‘la boradi.

    Shahnoza Soatova, bloger

    15.12.2020, 10:14   Izoh (0)   28500
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hokimga ko‘p narsa bog‘liq”. Shavkat Mirziyoyev Xorazm qishloq xo‘jaligini tanqid qildi

    15.12.2020, 10:11

    Toshkentda BMW X5 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil ag‘darilib ketdi (foto)

    15.12.2020, 09:26

    Yoshlar ittifoqi ochlik e’lon qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorning pulini to‘lab bergani ma’lum qilindi

    15.12.2020, 08:33

    Namanganda “ZIL” va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

    15.12.2020, 08:20

    O‘zbekistondan ko‘chib ketadigan pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi haqida ma’lumot berildi

    15.12.2020, 07:56

    Abdulaziz Komilov Chexiyaning yangi elchisini qabul qildi

    15.12.2020, 07:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.