• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh Marokashning G‘arbiy Sahroi Kabir ustidan suverenitetini tan oldi. BMT fikricha, Afrikadagi bu noyob hudud hech kimga tegishli emas, ammo mustaqil ham emas

    AQSh prezidenti Donald Tramp 10-dekabr kuni Marokash va Isroil uning vositachiligida diplomatik aloqalar o‘rnatish haqida kelishib olganini e’lon qildi — Marokash so‘nggi bir necha oy ichida yahudiy davlatini tan olgan to‘rtinchi arab mamlakatiga aylandi, deb yozadi Meduza. Buning evaziga AQSh Marokashning G‘arbiy Sahroi Kabir ustidan suverenitetini tan oldi, bu hududning maqomi mustamlakachilik davrlaridan buyon noaniq bo‘lib kelmoqda. Uning mustaqilligi uchun kurashayotgan isyonchilar bir oy avval 29 yil davom etgan yarashuv tugaganini e’lon qilgan edi.

    G‘arbiy Sahroi Kabirdagi Polisario fronti jangchisi

    G‘arbiy Sahroi Kabirdagi Polisario fronti jangchisi
    Foto: LETA

    G‘arbiy Sahroi Kabir Afrikadagi shu paytgacha o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirmagan yagona hududdir

    Afrikada mustamlakachilik davrida hozirgi G‘arbiy Sahroi Kabir hududi Ispaniyaga tegishli bo‘lgan. 1975-yilda Madrid bu hududlardan voz kechdi, ammo BMT Bosh assambleyasi sobiq mustamlakalarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlagan bo‘lishiga qaramay, Ispaniya G‘arbiy Sahroi Kabir hududini Marokash va Mavritaniya o‘rtasida bo‘lib berdi. Bu mamlakat mustaqilligini e’lon qilgan taqdirda, u yerda bungacha ko‘p yillardan buyon mustaqillik uchun qurolli kurash olib borgan Polisario fronti tashkilotidan sotsialistlar hokimiyatni qo‘lga kiritishidan xavfsiragan AQSh bosimi ostida amalga oshirildi.

    Bunga javoban, Polisario fronti bir tomonlama tartibda Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi, shundan so‘ng Jazoir ko‘magida Marokash va Mavritaniyaga qarshi urush boshladi. Bir necha yildan keyin Mavritaniya G‘arbiy Sahroi Kabir hududiga da’vo qilishdan voz kechdi. Marokash esa AQSh va Fransiya ko‘magida isyonchilar bilan muvaffaqiyatli urush olib bordi. 1991-yilda tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi; bu vaqtga kelib, Marokash hududning taxminan 80 foizini nazorat ostiga olgan edi, qolgan 20 foizni Polisario fronti nazorat qilardi.

    Na Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasini, na Marokashning G‘arbiy Sahroi Kabir ustidan suverenitetini tan olishni istagan BMT vositachiligida tomonlar hududning bo‘lg‘usi maqomi haqida referendum o‘tkazishga kelishib oldi. U 1992-yildayoq o‘tkazilishi kerak edi, ammo unda kimlar qatnashishi mumkinligi borasidagi ziddiyatlar tufayli (Polisario fronti Marokashni G‘arbiy Sahroi Kabirga ming kishini ko‘chirib, natijani o‘z foydasiga o‘zgartirmoqchi bo‘lganlikda ayblagan), referendum umuman o‘tkazilmay qolib ketdi. Keyinroq tomonlar muzokaralarni qayta boshlashga urinib ko‘rdi, ammo ular har safar natijasiz bo‘ldi. Marokash oxir-oqibat referendum g‘oyasidan butunlay voz kechdi va faqat o‘z tarkibidagi muxtoriyatga rozi bo‘lishini aytdi.

    AQSh G‘arbiy Sahroi Kabirning mustaqilligini “noreal variant” deb atadi

    Oq uy rasmiy press-relizida Tramp ma’muriyati Marokashning G‘arbiy Sahroi Kabir ustidan suverenitetini tan olishni mintaqaning mustaqilligi “noreal variant” ekanligi va nizoning yagona yechimi “faqat Marokash suvereniteti doirasidagi chinakam muxtoriyat” bo‘lishi mumkinligi bilan izohladi. Oq uyda ta’kidlashlaricha, AQSh hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirmoqchi va Daxla shahrida konsullik ochib, “mintaqadagi iqtisodiy va ishbilarmonlik imkoniyatlariga turtki bermoqchi”.

    AQShning qarori, deb yozadi Reuters, aslida Vashington o‘zining mintaqadagi siyosatini o‘zgartirishini bildirishi ehtimoldan uzoq: Donald Tramp uchun ushbu qadam Marokashning Isroil bilan bitim tuzishi uchun rasmiy yon bosish edi, xolos, bu bitim esa uning Yaqin Sharqni tartibga solish ishidagi merosini mustahkamlaydi. Marokash hukumati, o‘z navbatida, Trampning yon berishi sharofati bilan mamlakat aholisining ko‘pchiligi falastinlik arablarga nisbatan xoinlik deb hisoblaydigan Isroil bilan kelishuv faktining o‘zidan bo‘ladigan salbiy ta’sirni silliqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    AQShning xatti-harakatlarini boshqa nufuzli davlatlar va xalqaro tashkilotlar qo‘llab-quvvatlamayapti. Yevroittifoq va BMT G‘arbiy Sahroi Kabirning kimga tegishliligi masalasi bo‘yicha pozitsiyalari o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qilib bo‘ldi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning harakatlari “xalqaro huquq doirasidan mutlaqo chiqishi”ni aytib, ular “amerikaliklarning o‘zlari yoqlab ovoz bergan” BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga zid ekanini ta’kidladi.

    Atigi bir oy avval G‘arbiy Sahroi Kabirda 29 yildan buyon davom etib kelgan yarashuv tugagan edi

    AQShning Marokashning G‘arbiy Sahroi Kabir ustidan suverenitetini tan olish qarori Polisario fronti Marokash hukumatining tinch norozilik namoyishlarini bostirish bo‘yicha shafqatsiz choralaridan keyin 29 yil davom etgan yarashuv sulhiga rioya qilushdan bosh tortishini e’lon qilganidan keyin bir oy o‘tib qabul qilindi.

    Yarashuv sulhi bekor qilinganiga qaramay, Polisario fronti o‘shandan buyon Marokash tomonidan nazorat qilinadigan hududlarga jiddiy hujumlarni amalga oshirishga urinib ko‘rmadi. Bu deyarli butun tutashuv chizig‘i bo‘ylab 1990-yillardayoq devor qurilgani, uni tank va samolyotlari bo‘lmagan Polisario fronti jangchilari buza olmasligi bilan ham bog‘liq. Foreign Policy qayd etishicha, urushning qayta boshlangani haqida ehtimol dunyo hamjamiyatining e’tiborini G‘arbiy Sahroi Kabirga jalb etish maqsadida e’lon qilingan bo‘lishi, u Marokashdan BMTning muayyan me’yorlariga rioya qilishni talab etishidan umid qilingan bo‘lishi ham mumkin.

    Foreign Policy G‘arbiy Sahroi Kabirdagi vaziyatni Sharqiy Timordagi nizoga qiyoslamoqda, u 1975-yilda mustaqillik e’lon qilganidan keyin darhol Indoneziya tomonidan bosib olingan edi. Indoneziyaning yetakchi dunyo mamlakatlari bilan yaxshi aloqalari fonida uning xatti-harakatlari BMT darajasida hech qanday oqibatlarni keltirib chiqarmadi. Faqat 1990-yillarda vaziyatga huquqni muhofaza qiluvchi guruhlar va G‘arb mamlakatlaridagi faollar e’tibor qaratganidan keyin, ular o‘z hukumatlariga bosim o‘tkaza boshladi, ular esa Indoneziyadan Timor xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga rioya qilishni talab qilishga majbur bo‘ldi. Indoneziya yon berdi va 2002-yilda Sharqiy Timor mustaqillikka erishdi.

    Mavzuga doir: Donald Tramp Marokash va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganini ma’lum qildi

    15.12.2020, 10:22   Izoh (0)   17000
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning og‘ir holatlariga qarshi 100 foiz samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilindi

    15.12.2020, 09:41

    Koronavirusning yangi turi aniqlangani sababli Londonda eng yuqori karantin cheklovlari joriy qilinadi

    15.12.2020, 00:51

    AQShda koronavirusga qarshi emlash boshlandi

    14.12.2020, 21:59

    Svazilend bosh vaziri koronavirus oqibatida vafot etdi

    14.12.2020, 21:11

    JSST kasalxonalarda suv yo‘qligi tufayli 1,8 mlrd kishi COVID-19’ga chalinishi mumkinligidan ogohlantirdi

    14.12.2020, 19:09

    Olimlar koronavirusga chalingan odamlarda organizmga hujum qiluvchi antitanalarni aniqladi

    14.12.2020, 18:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.