Amerikaning Kentukki shtatidagi Luisvill hayvonot bog‘ida qor qoploniga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Bu haqda hayvonot bog‘ining rasmiy sayti xabar berdi.
Hayvonot bog‘i matbuot xizmatining taxminiga ko‘ra, qoplon virusni kasallikning alomatsiz tashuvchisi bo‘lgan xodimlardan yuqtirgan bo‘lishi mumkin. Hozirda qoplonlar karantinga olingan. Qayd etilishicha, hayvonlar o‘zini yaxshi his qilmoqda va xodimlar ularning sog‘lig‘ini diqqat bilan kuzatmoqda.
Izoh (0)