Sankt-Peterburg fuqarosi otni o‘pmoqchi bo‘lgani oqibatida burnidan jiddiy shikastlandi. Bu haqda “Esquire” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Belinskiy ko‘chasida ot mingan ayolni uchratgan mast erkak, otni o‘pishga qaror qilgan. Ayol erkakni ot tishlab olishi mumkin, deb ogohlantirgan.
https://www.youtube.com/watch?v=begXbQIIjes
Shunga qaramasdan, u tavakkal qilib ko‘rmoqchi bo‘lgan va buning oqibatida pand yegan: ot burnini tishlab olgan. Jabrlangan erkak ish tergovgacha olib borilmasa, burnini tiklash uchun kompensatsiya talab qilishini ma’lum qilgan.
Mavzuga doir: