Avstraliyaning Kenguru orolida o‘rmon yong‘inlari sabab qirilib ketgan deya hisoblab kelingan mitt pussumlar topildi, deb xabar beradi The Guardian.
Ushbu jonzotlar materikdagi possumlar yashaydigan hududning asosiy qismi keng ko‘lamli ofat tomonidan yakson bo‘lganidan so‘ng, birinchi bor topildi.
“Mazkur topilma mitti possum turi yong‘idan so‘ng omon qolgani sifatida birinchi hujjatlashtirilgan dalil. Yong‘in ushbu turning 88 foizga yaqinini qamrab olgan, shu sababli biz uning oqibatlari qanday bo‘lishi borasida aniq taxminga ega emas edik, biroq bir narsa aniqki, populyatsiyaga jiddiy zarar yetgan”, — deydi ekolog Pet Xojens.
Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda possumlar hayotiga yovvoyi mushuklar jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Tasman mitti possumlari — og‘irligi 10 grammgacha yetadigan hayvon hisoblanadi. U asosan Tasmaniya orolida, shuningdek, Kenguru oroli va Janubiy Avstraliyada yashaydi. Tasman mitti possumlari tungi hayot tarzida, asosan, butalar yoki o‘rmon daraxtlari orasida yashaydi. Hasharotlar, o‘rgimchaklar, mayda kaltakesaklar, nektar va changlar bilan oziqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliyada 2019-yilning yozida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 186 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan hamda 34 kishining va milliardlab hayvonlarning umriga zomin bo‘lgan.
Izoh (0)