Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 12-turida “Chelsi” 12-dekabr, shanba kuni “Everton” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Gilfi Sigurdsson penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, mersisaydliklarni oldinga olib chiqdi. Ushbu gol amalda o‘yin taqdirini hal qilib berdi.
Shu tariqa Frenk Lempard shogirdlarining 9 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berildi. Bu “Chelsi” uchun APL joriy mavsumidagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi, undan avval jamoa sentabr oyida “Liverpul”ga yutqazgandi.
“Chelsi” 22 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda, “Everton” esa ochkolarini 20 taga yetkazib, 7-pog‘onaga ko‘tarildi.
APL
12-tur bahsi
12-dekabr, shanba
“Everton” — “Chelsi” 1:0
Gol: 1:0 – 22, penalti Sigurdsson.“Everton”: Pikford, Mina, Kin, Holgeyt, Godfri, Allan, Sigurdsson (Andre Gomesh, 83), Dukure, Ivobi (Devis, 86), Risharlison (Kenni, 90), Kelvert-Lyuin.
“Chelsi”: Mendi, Tiago Silva, Jeyms, Zuma, Chiluell, Kovachich (Gilmor, 82), Maunt, Haverts (Abraham, 68), Kante, Jiru, Verner.
Ogohlantirishlar: Risharlison (24), Kante (45), Jeyms (59), Tiago Silva (65), Dukure (80).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)