Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 12-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Dortmundning “Borussiya”si o‘z uyida “Shtutgart”ni qabul qildi. Avvaliga mehmonlar 26-daqiqada penaltidan urilgan gol evaziga oldinga o‘tib oldi. –daqiqada Jovanni Reyna muvonazanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limda maydon egalari o‘z darvozasidan javobsiz to‘rtta olib chiqdi va sensatsion mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
“Leypsig” esa o‘z maydonida “Verder” bilan o‘ynadi. Arsel Zabitser va Dani Olmoning gollari “buqalar”ga g‘alaba keltirdi. Myunxengladbaxning “Borussiya”si esa “Herta” bilan durang o‘ynadi
Ushbu g‘alabadan keyin “Leypsig” ochkolarini 24 taga yetkazib olgan holda 1-o‘ringa ko‘tarildi. “Borussiya D” 19 ochko bilan 5-pog‘onada tushib ketdi.
Bundesliga
11-tur bahslari
12-dekabr, shanba
“Borussiya D” — “Shtutgart” 1:5
Gollar: 0:1 – 26, penalti Vamangituka, 1:1 – 39 Reyna, 1:2 – 52 Vamangituka, 1:3 – 60 Ferster, 1:4 – 63 Kulibali, 1:5 – 90 Gonsales.“Borussiya D”: Byurki, Morey, Hummels, Jan (Reynyer, 59), Akanji (Zagadu, 86), Gerreyru (Mukoko, 86), Vitsel, Sancho (Brandt, 86), Reyna, Bellinghem (Shuls, 64), Roys.
“Shtutgart”: Kobel, Kempf, Anton, Mavropanos (Shtensel, 88), Sosa, Endo, Mangalya, Ferster (Egloff, 77), Klimovich (Churlinov, 88), Kulibali (Gonsales, 67), Vamangituka (Massimo, 67).
Ogohlantirishlar: Jan (26), Mavropanos (28), Endo (40), Vamangituka (50), Morey (66).
“Leypsig” — “Verder” 2:0
Gollar: 1:0 – 26, penalti Zabitser, 2:0 – 41 Olmo.“Borussiya M” — “Herta” 1:1
Gollar: 0:1 – 47 Genduzi, 1:1 – 70 Embolo.“Frayburg” — “Arminiya” 2:0
Gollar: 1:0 – 79, penalti Grifo, 2:0 – 90 Chon Vu Yon.“Mayns” — “Kyoln” 0:1
Gol: 0:1 – 55 Rejbechay.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!