Professional boksning og‘ir vazn toifasida harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) o‘zining 7-jangini Toshkent vaqti bilan 13-dekabr tongida o‘tkazadi.
Meksikada tashkil etiladigan boks kechasida Bahodirga mezbon sportchi Uilfredo Lil (10-17-3, 8 KO) raqiblik qiladi.
Qayd etish joiz, Uilfredo Lil hozirga qadar professional boksda 30 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (8 ta jang raqiblarini nokautga uchratgan). 17 ta jangda mag‘lub bo‘lgan (13 ta jangda nokautga uchragan). 3 ta jangi esa durang bilan tugagan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov professional boksdagi so‘nggi jangini 2019-yil 10-aprelida Brendan Barrettga qarshi o‘tkazib, raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.
Jalolov—Lil jangini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!