Toshkent vaqti bilan 13-dekabr tongida AQShning Tallahassi shahrida Combat Night Pro promousheni tomonidan o‘tkazilayotgan MMA musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Unda o‘zbekistonlik yakkakurashchi Anvar Boynazarov professional MMA’dagi debyut jangini o‘tkazadi. 31 yoshli Boynazarovga amerikalik jangchi Henri Li Krapp raqib bo‘ladi. 21 yoshli sportchi professional boksda ikkita jang o‘tkazib, ularni ikkisini ham boy bergan va bu uning uchun ham MMA’dagi debyut bo‘ladi.
Combat Night Pro 19 musobaqasi Toshkent vaqti bilan 07:00 da boshlanadi.
Anvar Boynazarov ishtirokidagi jangni bu yerda kuzatib borish mumkin — havola
Ma’lumot uchun, Anvar Boynazarov 1989-yilning 10-yanvar kuni Samarqandning Jomboy tumanida tug‘ilgan. 12 yoshidan boshlab taekvondo bilan shug‘ullangan. U professional faoliyatini rivojlantirish uchun 2008-yil Tailand poytaxti Bangkokka jo‘nab ketgan. “The Uzbek” laqabi bilan mashhur bo‘lgan Boynazarov muaytay bo‘yicha avvaliga havaskorlar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi, 2011-yilda esa WMF yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi. Faoliyatining ma’lum qismida 5 yil ichida 111 ta jangda ishtirok etib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!