• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yoshlar ittifoqidan Jizzaxda qurilgan 14 mlrd so‘mlik bino uchun pulini ololmayotgan tadbirkor ochlik e’lon qilmoqchi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax Real qurilish ta’mir” MChJ direktori Shuhrat Sotvoldiyev imzolagan xat surati tarqaldi. Xatda tadbirkor Prezident topshirig‘i va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov tasdiqlagan hujjatga ishonib, Yoshlar ittifoqi uchun Jizzax viloyatida 14,3 milliard so‘mlik binoni deyarli o‘z hisobidan qurgani qayd etilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Shundan salkam 9 milliard so‘mini hali olganim yo‘q. Yoshlar ittifoqining rahbarlari meni bir yarim yildan beri sarson qilib, adoyi tamom qildi. Bor-budimdan ayrilish arafasida turibman. O‘zimni o‘ldirish darajasiga yetib keldim. 15-dekabr kuni tongda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosi oldida ochlik e’lon qilaman. Ittifoq pulimni so‘nggi tiyinigacha bermagunicha ovqat ham yemayman, suv ham ichmayman. Mening ortimda turgan 300 dan ortiq oila haqqi-hurmati bu nohaqliklardan o‘limga ham tayyorman”, — deyiladi xatda.

    O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mazkur masala yuzasidan munosabat bildirdi. Unda qayd etilishicha, qarzning bir qismi to‘lab berilgan.

    “Shu kunga qadar ‘Yoshlar qurilish invest’ MChJning ‘Jizzax Real qurilish ta’mir’ MChJ oldidagi qarzdorligining jami 7,9 milliard so‘m qismi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan qoplab berildi. Yana 1,5 milliard so‘m qismi esa Jizzax viloyati hokimligi tomonidan ajratildi (02.12.2020 holatiga ko‘ra). ‘Yoshlar qurilish invest’ning quruvchi oldidagi jami qarzdorligining 9,4 milliard so‘m qismi qoplandi (bir oy oldin 5,6 milliard so‘m edi)”, — deyiladi xabarda.

    Shuningdek, ittifoq bunga qadar tegishli mutaxassislar ishtirokida “Yoshlar qurilish invest” faoliyati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, audit tekshiruvi natijasida qator moliyaviy kamchiliklar aniqlangan va ular bo‘yicha MChJ mas’ul xodimlaridan tushuntirish xatlari olingan. Ushbu masala kollegial organ muhokamasiga kiritilishi belgilangan.

    “Biz quruvchining ish haqini olishi tarafdorimiz. Quruvchi ish haqini o‘zi so‘ragan muddat ichida to‘liq oladi. Shu bilan bir qatorda, budjet mablag‘ini ham maqsadli ajratilishiga birinchidan qonun oldida, ikkinchidan vijdon oldida javob berish mas’uliyatini his qilgan holda yuqoridagi masalani oxiriga yetkazamiz. Lekin muammoning shu darajaga kelib qolishiga sababchi bo‘lgan va bugun hech kimning ko‘ziga ko‘rinmasdan, o‘z manfaati yo‘lida ‘suvni loyqalatayotganlar’, albatta, qonun oldida javob beradi”, — deyiladi tashkilot axborot xizmati xabarida.

    Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ittifoqi Prezident farmoni bilan 2020-yil 30-iyunda Yoshlar ishlari agentligi sifatida qayta tashkil etilgan. Unga Alisher Sa’dullayev direktor etib tayinlangan.

    11.12.2020, 23:28   Izoh (0)   35293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Senatining 10-yalpi majlisi 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun ko‘rib chiqiladi

    11.12.2020, 23:13

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston betarafligining 25 yilligi bilan tabrikladi

    11.12.2020, 22:57

    O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi 2020-yilning 10 oyida 18 foizga o‘sdi

    11.12.2020, 22:45

    “Qo‘li qon, kimningdir qotili bo‘lmasa, albatta, qaytadi”. Diniy qo‘mita vakili Suriyadan olib kelinadigan o‘zbek erkaklari masalasida ma’lumot berdi

    11.12.2020, 22:21

    O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 22,1 milliondan oshdi

    11.12.2020, 22:09

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar yakunlangani bilan tabrikladi

    11.12.2020, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.