Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev “Aral” klubining 2021-yilda Superligada ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga sharh berdi.
Superligada qancha klub ishtirok etishi masalasi O‘FA Ijroqo‘mining 28-noyabr kungi yig‘ilishida ko‘tarilgan va unda “Aral” klubining istisno tariqasida Pro-Ligada ishtirok etishi masalasi bo‘yicha muhokama borgan. O‘sha masala bo‘yicha biz Qoraqalpog‘istonda bo‘ldik.Avvalroq Vazirlar Mahkamasining qarori muhokama qo‘yilgan va unda “Aral” futbol klubini shartli ravishda Superliga 2021-yilgi mavsumi ishtirokchisiga aylantirish taklif qilingandi.Futbol jamoatchiligi masalaga vazmin yondashishi to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki, e’lon qilingan material muhokamaga qo‘yilgan, yakuniy qaror chiqmasidan turib, “Aral” Superligada o‘ynaydi deb yozish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Boz ustiga muhokamada Superliga ishtirokchilari soni haqida so‘z ham yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas.
FIFA hukumatning futbolga g‘amxo‘rligini qadrlaydi, o‘z navbatida sport tamoyillariga tashqi aralashuv bo‘lishiga yo‘l ham qo‘ymaydi. “Aral” futbol klubining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun sezilarli harakatlar bo‘layotgani rost, ammo bu klubning birdaniga Superligada o‘ynashini anglatmaydi.
Diyor Imomxo‘jayev, PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)