• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston 2030-yilga qadar qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 25 foizgacha oshirishi mumkin

    O‘zbekiston 2030-yilga qadar qayta tiklanadigan energiya (QTE) manbalari ulushini 25 foizgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga tayanib “Kun.uz” xabar berdi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Qayd etilishicha, bugun mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 10 foizni tashkil etadi, qolgan 90 foizi an’anaviy manbalardan ishlab chiqarilmoqda.

    “Respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlarini joriy qilish maqsadiga erishish uchun qayta tiklanadigan manbalarning shamol va quyosh energiyasi kabi ustuvor turlaridan foydalanish imkoniyatini beradigan texnologiyalarni o‘zlashtirish, ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

    Shamol energetikasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston geografik joylashuvi va iqlim sharoiti bois ushbu yo‘nalishda ulkan salohiyatga ega.

    O‘zbekiston QTE yo‘nalishini izchil rivojlantirish maqsadida shamol generatorlarini bunyod etish, ulardan foydalanish bo‘yicha raqobatbardosh shartlarni taklif qilayotgan yirik kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda”, — deyiladi ma’lumotda.

    2020-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va BAAning Masdar kompaniyasi o‘rtasida investitsiyaviy shartnoma imzolandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasini (ShES) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va undan foydalanishni ta’minlaydi.

    Bu Masdar tomonidan respublikada amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik loyiha. O‘tgan yil oktabr oyida kompaniya davlat-xususiy sheriklik asosida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqqan. Loyiha bo‘yicha tegishli kelishuvlar 2020-yil yanvar oyida imzolangan.

    “Energetika vazirligi mutaxassislari O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasini qurish va undan foydalanish loyihasini amalga oshirish 600 million dollardan ortiq miqdordagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda 1,3 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyatini berishini ta’kidlamoqda.

    Elektr stansiyaning foydalanishga topshirilishi yiliga 1,8 gVt/soat miqdorida arzon elektr energiyasi ishlab chiqarish hisobiga respublikaning energetika balansini diversifikatsiya qilish va mustahkamlashga imkon beradi. Bu 500 mingdan ziyod uy xo‘jaligining ehtiyojini qoplaydi degani.

    Zamonaviy QTE texnologiyalarini joriy etish elektr energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy gaz hajmini yiliga 175 million kub metrgacha kamaytirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu, shuningdek, tejab qolingan energiya resurslari boshqa ehtiyojlarga yo‘naltiriladi, atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid sezilarli darajada (yiliga 1,1 million tonna) kamaytiriladi, degani”, — deyiladi vazirlik ma’lumotida.

    Qayd etilishicha, yangi obyektni qurish ishlarini 2021-yil oxiriga qadar boshlash ko‘zda tutilmoqda. 2023-yil aprel oyida ishlab chiqarish quvvatlarining birinchi bosqichi (250 megavattgacha) va 2024-yil oxiriga qadar barcha quvvatlarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

    Sentabr oyida Masdar kompaniyasi Navoiy viloyati Tomdi tumanida shamol salohiyatini o‘rganish uchun to‘rtta meteorologik ustun o‘rnatgandi. Bu viloyatda 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi bo‘lgan.

    “Kelajakdagi shamol elektr stansiyasining qurilish maydonida shamol salohiyatini o‘rganish natijalari loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslash ishlarini yakunlashga imkon beradi. Bu, o‘z navbatida, xalqaro moliya institutlari bilan kredit shartnomalari tuzish uchun asos bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

    Avvalroq O‘zbekistonning uzoq hududlarini kichik quyosh elektr stansiyalari yordamida suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilayotgani, mamlakatda o‘n yil ichida umumiy quvvati 5 ming megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari qurilishi haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun ruxsatnoma shart emas, buning uchun soliq to‘lanmaydi — Energetika vazirligi

    07.12.2020, 17:50   Izoh (0)   15104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda 1,5 yoshli bolasini 17 ming dollarga sotgan onaga hukm o‘qildi

    07.12.2020, 17:26

    Namangan, Navoiy va Samarqandda sayyor kassalar tomonidan pensiya to‘lovlarini kech to‘lash holatlari aniqlandi

    07.12.2020, 17:02

    O‘zbekistonda hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

    07.12.2020, 16:49

    Toshkentdagi ba’zi avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilib, yangilari tashkil etildi

    07.12.2020, 15:26

    Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov Farg‘onaga tashrif buyuradi

    07.12.2020, 15:04

    O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 8-dekabr kuni qor yog‘adi

    07.12.2020, 14:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.