• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘quvchilarning aksenti qattiq sezilyapti”. Sherzod Shermatov bolalarga til o‘rgatish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan foydalanishga chaqirdi

    O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Telegram’dagi kanali orqali ota-onalar va o‘qituvchilarga murojaat qilib, bolalarni til o‘rganish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan foydalanishga undashga chaqirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Vazirning yozishicha, yoshligida ingliz tilini o‘rganayotganida eng katta muammo asl ingliz tilida so‘zlovchining (native speaker) nutqini topish bo‘lgan.

    Tanish-bilishlardan ancha qidirib bitta kasseta topsak, qanday xursand bo‘lib, rosa eshitib o‘rganar edik. Shuncha qiynalib bo‘lsa ham, repetitorsiz TOEFL topshirib, AQShda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgandik.

    Hozirgi yoshlarda til o‘rganish uchun imkoniyatlar juda ko‘p. Lekin joylardagi yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashganimda, ular bunday imkoniyatlardan yetarlicha foydalanmayotgani bilinib qolmoqda. Ular bilan muloqot paytida nafaqat ingliz tilida so‘zlashishga qiynalishayotgani, balki mahalliy aksenti ham qattiq sezilyapti.

    Online-maktab televizion kanallarida yoshlarimiz ingliz tilini o‘rganishlari uchun amerikalik hamkorlarimiz hamda UNODC tomonidan ingliz tilidagi multfilmlar taqdim etilgan. Ularni bemalol darsdan keyin va dam olish kunlari farzandlarimiz tomosha qilib o‘rganishlari mumkin.

    Undan tashqari, ingliz tili darslari aynan amerikalik o‘qituvchi tomonidan o‘tilishini boshladik. Hozircha bir o‘qituvchi darslarni qisman o‘tmoqda. Yanvar oyida O‘zbekistonga AQShdan qator o‘qituvchilar yetib kelishadi va 1—11-sinflarning barchasiga ingliz tili televizion darslari native speaker tomonidan olib boriladi.

    Bu darslarni nafaqat o‘quvchilarimiz, balki o‘qituvchilarimiz ham tomosha qilishsa, ularga ham o‘z talaffuzlarini to‘g‘ri shakllantirishi uchun foydali bo‘ladi. Ular o‘qigan universitetlarida ham native speaker bo‘lmagan, shuning uchun ularning ko‘pchiligida ham mahalliy aksent shakllangan.

    Televizion darslar jadvallari bizning Telegram kanallarimizda muntazam e’lon qilib borilmoqda.

    Interneti bor oilalarda esa yoshlarimizni vaqtini bekor o‘tkazmasdan, ko‘proq ingliz tilini o‘rganishga sarflashiga undasak, juda katta imkoniyatlar bor. Masalan, katta qizim maktabida 10-sinfni tugatib, yozgi ta’til paytida uy ishlari bilan band paytida ham TED talks seriyalarini eshitib yurib, IELTS Listening qismidan 9 olgan edi.

    Albatta, internet uchun infratuzilma kerak, trafik ham ketadi. Lekin onlayn-maktab televizion kanallarini respublikamizning deyarli barcha hududlarida bepul ko‘rish imkoniyati mavjud.

    Shu sababli, hurmatli ota-onalarimiz va o‘qituvchilarimizdan farzandlarimizni ushbu televizion kanallarimiz orqali efirga uzatilayotgan ingliz tilidagi multfilmlarni hamda amerikalik asl ingliz tilida so‘zlovchilarning darslarini qo‘shimcha mashg‘ulot sifatida kuzatib borishiga undashlarini so‘raymiz! Eslatib o‘taman, native speaker ko‘pgina qimmat xususiy maktablarda va tayyorlov markazlarida ham yo‘q.

    Ingliz tilini bilgan maktab bitiruvchisining kelgusida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari til bilmaydigan tengdoshlarinikiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. O‘zbekistonda xorijiy korxonalarda yoki xalqaro tashkilotlarda ishlaydimi, turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydimi, albatta, ingliz tilini bilgan xodimning oyligi yuqoriroq bo‘ladi. Chet elga ishga yoki sayohatga ketsa ham ingliz tilini bilsa, imkoniyatlari yanada kengroq ochiladi. Ingliz tilini yaxshi bilgan o‘qituvchilar esa davlat budjetidan 30 foiz ustama haqi olishi bilan birgalikda, repetitorlik orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

    Oddiy misol, AQShda biron-bir katta kompaniyaning mijozlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha telefon nomeriga murojaat qilinsa, odatda hindcha aksentida javob berishadi, chunki bunday qo‘ng‘iroqlar to‘g‘ri Hindistondagi call-sentrga yuboriladi. Bizda amerikalik iste’molchilar uchun ortiqcha aksentsiz gapiradigan mutaxassislar ko‘proq bo‘lsa, kelgusida AQSh kompaniyalari xizmatlarini O‘zbekistonga autsors qilish imkoniyatlari ham kengayadi. Shunga ingliz tilida ravon so‘zlashadigan bitiruvchilar oliy ta’limga kira olmasa yoki dasturchilikni o‘rgana olmasa, juda bo‘lmasa, internet orqali call-sentr xizmatlarini ko‘rsatishi va oila ro‘zg‘ori uchun qo‘shimcha daromad topishi mumkin bo‘ladi.

    Hozirning o‘zida minglab yoshlarimiz ingliz tilini bilgani uchun O‘zbekistonda oilasi bag‘rida yashab, internet orqali xorijiy kompaniyalarga turli xizmatlar ko‘rsatib, mahalliy bozorga ko‘rsatilgan xizmatlardan ko‘ra yaxshiroq daromad topmoqda.

    Sherzod Shermatov, xalq ta’limi vaziri

    Avvalroq xalq ta’limi vaziri o‘zining Telegram’dagi kanali orqali piyoda yurib shaxsiy namuna ko‘rsatish oson kechmayotgani to‘g‘risida post qoldirgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Sherzod Shermatov o‘quvchilari OTMga kira olmagan maktablar soni 2020-yilda 3 barobarga kamayganini ma’lum qildi
    • Xalq ta’limi vaziri: “Keyingi kirish imtihonlarida o‘zbek tili bo‘yicha grammatika emas, to‘rtta ko‘nikma test qilinadi”

    07.12.2020, 12:11   Izoh (0)   18711
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasiga rahbar tayinlandi

    07.12.2020, 11:58

    O‘zbekistonda homilador ayollarning deyarli uchdan bir qismi anemiyadan aziyat chekadi — YuNISEF

    07.12.2020, 11:35

    Kattaqo‘rg‘onlik fuqaro tuman prokuraturasidan norozi. Uning fikricha prokuratura XTB mansabdor shaxslarining jinoyatini yashirmoqda

    07.12.2020, 11:10

    Samarqandda deyarli 600 dollarga giyohvand modda sotgan ikki yigit hibsga olindi

    07.12.2020, 08:43

    O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda investitsiya fondi tuzish masalasini ko‘rib chiqadi

    07.12.2020, 08:13

    O‘zbekiston Konstitutsiyasi va nogironligi bor shaxslar to‘g‘risidagi qonun Brayl alifbosida chop etildi

    07.12.2020, 07:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.