UEFA matbuot xizmati Yevropa Ligasi 4-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Tottenhem” hujumchisi Karlos Vinisius turning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. Braziliyalik futbolchi “Ludogorets”ga qarshi o‘yinda (4:0) ikkita gol va bitta golli uzatma muallifiga aylangandi.
https://twitter.com/EuropaLeague/status/1332353740590878721
Shuningdek, ushbu sovrin uchun quyidagi futbolchilar nomzodi ham qo‘yilgandi:
- Nikolya Pepe (“Arsenal”) — “Molde”ga qarshi o‘yinda (3:0) gol;
- Kodi Gakpo (PSV) — PAOK jamoasiga qarshi o‘yinda (3:2) bitta gol va golli uzatma;
- Kerem Demirbay (“Bayer”) — “Xapoel”ga qarshi uchrashuvda (4:1) gol va 93% uzatmalar aniqligi.
Izoh (0)