Germaniya politsiyasi kansler Angela Merkelning ofisi darvozasiga 25-noyabr kuni avtomobilda urilgan 56 yoshli erkakni hibsdan ozod qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, erkakni hibsda ushlab turish yoki ruhiy kasalliklar klinikasiga jo‘natish uchun asos mavjud emas. Erkakka qarshi tekshiruv davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya poytaxti Berlin shahrida 25-noyabr kuni ertalab mamlakat kansleri Angela Merkelning ofisi darvozasiga avtomobil kelib urildi. Avtomobilga nemis tilida “Globallashuv siyosatini to‘xtating” va “Sizlar bolalar va keksalarning yaramas qotilisiz” yozuvlari tushirilgan. Haydovchi qo‘lga olingandi.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, xuddi shu erkak Volkswagen markasidagi xuddi shunday mashinada 2014-yilning fevral oyida ham Merkelning ofisi darvozasiga urilgan. O‘shanda mashinaga nemis tilida “Odamlarni o‘ldirayotgan iqlim o‘zgarishiga yo‘q” va “Nikol, men seni sevaman”, degan yozuv tushirilgandi.
Izoh (0)