• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Tushunarsiz volontyorlar, Andijonda kim kimni boqyapti, milliy muammomiz nima?

    Bu hafta dayjestimiz uchun pozitiv xabar topilmadi, afsuski. Ehtimol, borlarini ham chuqur energetik inqiroz sababli ko‘rmay qolgandirmiz.

    Andijonning mutlaq hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning shovshuvli audiosi haqida o‘tgan hafta ham yozgan edik. Qarangki, uning davomi chiqdi. Unda viloyat rahbari Andijonda olib borilayotgan ishlar haqida gapirgan ba’zi kishilarni “sassiq” deb atagan. “Bitta-ikkita sassiq, hammang har yoqdan kelgansan… Ayt senlar ham. Sharmandamisan, vijdoning bormi, oriyating bormi? Menga emas Andijon. Hey iflos, nima deyapsan sen Andijonni? Xohlasang, besh-oltitang avtobusga o‘tirgin-da, bor, o‘tib kel Farg‘onaga, Namanganga, tashkilotlariga bor. Nimadan qolib ketayotgan ekanman men Andijonda?”, dedi Abdurahmonov.

    Bloger va iqtisodchi Otabek Bakirov bu voqeaga munosabat bildirar ekan, “sinizmning kengligini tushunyapsizmi? Aynan bu hokimni qabul qila olmaganim sababi — har ikki gapining birida ‘Men Andijon viloyatining uch million xalqini boqayapman’, deydi. Men o‘sha hokimga kadrdan, efirdan turib gapirmoqchiman — Andijon viloyatining uch million aholisi sizni boqyapti, siz ularni emas”, dedi.

    Qizig‘i, o‘tgan yili qo‘pol audiolari tarqalgan Shuhrat G‘aniyevning ishi senatda ko‘rilgan edi. Biroq Shuhratbek Abdurahmonovning audiolariga rasmiylardan biror munosabat bo‘lgani yo‘q.

    * * *

    Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlar ishtirokidagi uchrashuvda volontyorlar haqidagi gapi bilan bahs-munozara eshigini lang ochib berdi. Uchrashuv davomida yoshlar O‘zbekistondagi volontyorlarni yig‘ib Volontyorlar assotsiatsiyasi yoki federatsiyasi ochish taklifini bildirdi. Shahar hokimi bu haqda “tovar, pul olish, PayMe’dan pul o‘tkazib berish, kimningdir nimasiga olib borishga haddan tashqari volontyorlar ko‘payib ketmoqda. Bir narsani to‘g‘ri tushuninglar, sal shubhaga boryapman oxirgi paytlar. Volontyorlik kasbmi, haqiqatan, yordam berishmi yoki bundan daromad olishmi? Farqiga yetolmayapman. Tushuntira oldimmi? Volontyor tushunchasi nima degani? Ko‘ngilli ishchi degani. Lekin men bironta volontyorni uyda yotgan qariyaning oyog‘iga tog‘oracha tutib sovunlab yuvib qo‘yganini ko‘rmadim...”, dedi.

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov bu haqda “yoshlarga motivatsiya beradigan emas, qo‘liga bir uradigan tadbir bo‘libdi”, dedi.

    “Tegilmagan shu volontyorlar qolgandi. Bu yoshlarga motivatsiya emas, qo‘liga bir uradigan tadbir bo‘libdi. Vaholanki, pandemiya davrida barcha yoshlar birlashdi, Toshkent shahrini hokimiyat eplolmay qolganida, aynan shu volontyorlar hayotini xavf ostiga qo‘yib, odamlar dardiga malham bo‘ldi... O‘rganish emas, rahmat deyish kerak. O‘rganish kerak bo‘lsa, Toshkentda masala ko‘p”, deb yozdi Allamjonov o‘z sahifasida.

    Biroq uchrashuvdagi hokimning ayni gapining to‘liq versiyasida “...bir o‘rganib chiqamiz. Uzr so‘rayman. Men ham odamzodman, hamma narsani tushunishga tushunavermayman”, deb aytilgan edi.

    * * *

    “Maftuningman” kinosidagi “Do‘ppi tikdim” qo‘shig‘i ijrochisi, raqqosa Yulduzxon roli bilan barchaning sevimli kinoqahramoniga aylangan aktrisa Klara Jalilova 20-noyabr kuni olamdan o‘tdi. U anchadan berib betob edi. Oila a’zolarining aytishicha, yiqilib eti lat yegandi.

    Klara Jalilova “Maftuningman” filmida.

    Klara Jalilova “Maftuningman” filmida.
    Foto: “Kino-teatr.ru”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Klara Jalilova 1937-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktrisa faoliyatini qo‘shiqchilikdan boshlagan. U “Chinor ostidagi duel”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Kulol va xumcha”, “So‘nggi lahza” kabi filmlarda ham esda qolarli obrazlar yaratgan.

    * * *

    Agar muammo ko‘lami unga uchragan odamlar miqyosi, bartaraf etish xarajati miqdori bilan o‘lchansa, bugungi energetik inqirozni milliy muammo deb bemalol atash mumkin. Bir necha yildirki, kuz oxirlashi bilan elektr va gaz ta’minotida uzilishlar ko‘payadi, gazdan portlashlar, ko‘mirdan zaharlanishlar ortadi. Shikoyatlarning son-sanog‘i yo‘q.

    Bu hafta havo harorati keskin tushib ketishi bilan energetik inqiroz darhol yuzini ko‘rsatdi. To‘raqo‘rg‘on IESda avariyaviy o‘chish yuz berdi. Oqibatda Toshkent shahri va olti viloyatda elektr ta’minotida cheklovlar kiritildi. Garchi bu nosozlik ikki kunda bartaraf etilgan bo‘lsa-da, elektr ta’minotidagi uzilishlar to‘xtamadi. Xususan, Farg‘ona viloyatida elektr energiyasi ta’minotida 28 soatgacha uzilishlar kuzatilmoqda. Taxiatosh IES bir muddat ishlamay qolib, Qoraqalpog‘istonning barcha shahar va tumanlarida elektr uzildi.

    Kattaqo‘rg‘ondagi vaziyat.

    Kattaqo‘rg‘ondagi vaziyat.
    Foto: Telegram / @trolluz

    Energetik inqiroz xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlariga bir-bir zarba bermoqda. @trolluz yozishicha, Yakkabog‘da uch kun chiroq bo‘lmaganiga 5 200 parranda nobud bo‘ldi. Kattaqo‘rg‘onda isitilmagani uchun uchun issiqxonalardagi sabzavotlar nobud bo‘ib, tadbirkor taxminan 35 ming dollar ziyon ko‘rdi. Toshkent viloyatining Keles tumanidagi tug‘ruqxonada elektr uzilgani aytildi. Aytish lozimki, viloyatlardagi tug‘ruqxonalarda elektr tez-tez uzilib turadi.

    Ko‘pincha energetik inqirozdan jon saqlab qoladigan poytaxtda ham bu gal holat yaxshi emas. Olmazor tumanida va Chilonzor tumanida issiqlik ta’minotida uzilish bo‘ldi.

    Xo‘sh, energetika mas’ullari nima demoqda? Energetika vazirligining izohlashicha, uzilishlarga iste’mol ortgani sababdir. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev muammolardan xabardorligini aytib, “murojaatlar soni oshgani muammoning keskin ko‘payganligini anglatmaydi. Bir necha yil avval vaziyat bundan-da og‘ir bo‘lgan”, dedi.

    Manba: Telegram

    Senator Farmon Toshev Senatning 9-yalpi majlisida elektr muammosidan nolib parlament yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyevaga murojaat qilgan edi. Norboyeva gaz va elektr muammosi maxsus ko‘rib chiqilishi, yalpi majlisda ko‘tarilishi, Prezidentga axborot berilishini aytdi. Shu bilan birga mablag‘dan muammo yo‘qligini ham ilova qildi.

    O‘tgan yili bosh vazir Abdulla Aripov elektr va gaz masalasida videoselektor o‘tkazib, “bu – sharmandali holat”, degandi.

    “Daryo” bilan qoling, oxirgi yangiliklardan boxabar bo‘ling.

    22.11.2020, 20:40   Izoh (0)   60480
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan izoh berildi

    22.11.2020, 20:25

    Toshkentda Kinochilar uyi qayta tiklanadi

    22.11.2020, 19:18

    Farg‘onalik ota ikki farzandi uchun aliment o‘rniga Spark berdi

    22.11.2020, 18:34

    Andijonda maktab o‘quvchilari mehmonlarni kutib olish uchun ustki kiyimlarsiz sovuqqa olib chiqildi

    22.11.2020, 18:16

    Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonovning tarqalgan audiolari montaj qilinganini ma’lum qildi

    22.11.2020, 17:17

    Farg‘ona viloyatida elektr energiyasi ta’minotida 28 soatgacha uzilishlar kuzatilmoqda

    22.11.2020, 16:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.