So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Tog‘li Qorabog‘da urush to‘xtatilganiga bir hafta bo‘ldi. Nizo hududida va urushda mag‘lub bo‘lgan Armanistonda hozir nimalar bo‘lyapti? Asosiy ma’lumotlar

    18.11.2020, 21:29 26914

    Tog‘li Qorabog‘da urush to‘xtatilganidan buyon o‘tgan bir hafta ichida nizo hududida va urushda mag‘lub bo‘lgan Armanistonda bo‘layotgan voqealar haqida Meduza asosiy ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Tog‘li Qorabog‘da halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning Yerevanda joylashgan harbiy qabristondagi qabrlari

    Tog‘li Qorabog‘da halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning Yerevanda joylashgan harbiy qabristondagi qabrlari
    Foto: LETA

    Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilinmoqda, nizo hududiga Rossiya tinchlikparvarlari yetib kelmoqda. Kontingent asosini Markaziy harbiy okrugning 15-alohida motoo‘qchilar brigadasi bo‘linmalari tashkil etadi. Har kuni Rossiyaning Armanistondagi bazasiga bir necha o‘nlab harbiy-transport samolyotlari harbiy xizmatchilar, texnika va moddiy ta’minot bilan kelmoqda — u yerda ular kolonnalar hosil qilgan holda Qorabog‘ga jo‘nab ketmoqda. Mintaqaning o‘zida sapyorlar ishlamoqda, ular Tog‘li Qorabog‘ning Armaniston hududini Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagini hamda u yerdan Stepanakertgacha bo‘lgan yo‘l qismini minalardan tozalab bo‘ldi; 17-noyabr kuni ertalab yo‘lakda fuqarolik transporti harakati to‘liq ochildi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Stepanakertga Armanistondan uch kun ichida 1207 nafar qochoq qaytib borgan. Ayni vaqtda armanlar Tog‘li Qorabog‘ning 1-dekabrdan Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tadigan hududlarini yoppasiga tark etmoqda. Ular shoshilinch tarzda buyumlarini yig‘ib, o‘z uylarini yoqib yubormoqda.

    Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘ning Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tadigan hududlari alohida maqomga ega bo‘lmasligini aytdi. “Ko‘p millatli va ko‘p mazxabli yagona Ozarbayjon bor, xolos. Ozarbayjonning turli xalq va dinlarga mansub barcha fuqarolari tinchlik va ahil qo‘shnichilik sharoitlarida yashaydi. Arman xalqi ham shunday sharoitlarda yashaydi”, — dedi Aliyev. U, shuningdek, ushbu hududlarda “vayron bo‘lgan infratuzilma” uchun kompensatsiya talab qilib, xalqaro sudga Armaniston ustidan da’vo berishni va’da qildi.

    Armanistonda har kuni mitinglar bo‘lib o‘tmoqda, ularda bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosi talab qilinmoqda. Tog‘li Qorabog‘da urushni tugatish haqida u tuzgan bitim “xoinlik” deb atalmoqda. Eng yirik aksiyalarda o‘n minglab odam qatnashmoqda. 11-noyabrdayoq muxolifat parlamentda Pashinyanning iste’fosi masalasini ko‘rib chiqishga uringan edi, ammo kvorum yo‘qligi tufayli buni amalga oshirib bo‘lmadi — hukmron koalitsiya deputatlari majlisga kelmadi. 17-noyabr kuni xuddi shu sabab bilan muxolifat hukumatga ishonchsizlik votumini bildira olmadi. Muxolifat partiyalarining norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlayotgan ko‘pchilik yetakchilari noqonuniy yig‘ilishlarni tashkillashtirish ayblovlari bilan qo‘lga olindi, ammo ular oxir-oqibat qo‘yib yuborildi. 13-noyabr kuni milliy xavfsizlik xizmati Pashinyanga suiqasd tayyorlanganini e’lon qildi. Jinoyatga aloqadorlikda ayblanib, muxolifatning to‘rt yetakchisi qo‘lga olindi; uch kundan keyin sud ularni hibsga olishdan bosh tortdi.

    Pashinyanning iste’fosini Armaniston prezidenti Sarkisyan yoqlab chiqdi. 16-noyabr kuni kechqurun u xalqqa murojaat bilan chiqdi va mamlakat “voqelikni rad etib, oddiy hayotni davom ettira olmasligi”ni aytdi. Sarkisyan hukmron va muxolifatchi siyosatchilar bilan, shuningdek, jamoatchilik guruhlari va chet eldagi diasporalar bilan maslahatlashganini va maslahatlashuvlar yakunlariga ko‘ra, yagona yechim navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazish degan xulosaga kelganini aytdi. Sarkisyanning fikricha, bunga qadar Pashinyan o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilib, hokimiyatni muvaqqat milliy rozilik hukumatiga topshirishi kerak.

    Pashinyan ketishdan bosh tortmoqda, ammo hukumatda o‘zgarishlar qilmoqda. Bosh vazir Qorabog‘dagi nizo bu tarzda yakun topishiga o‘zi asosiy javobgar ekanligini tan olgan bo‘lsa-da, Ozarbayjonni Turkiya qo‘llab-quvvatlagani uchungina Armaniston urushda yutqazganini aytdi. 16-noyabr kuni iste’fo haqidagi savolga javob berar ekan, hukumat rahbari uning kun tartibida “faqat mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash masalasi bor”ligini ta’kidladi. Shuningdek, u muxolifatdan hokimiyat almashuviga qurolli usulda erishmasligini kafolatlashni talab qildi. Xuddi shu kuni Pashinyan Vazirlar mahkamasi tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishini va’da qildi va tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyanni, keyinroq uning o‘rinbosari Shavarsh Kocharyanni iste’foga yubordi.

    Mavzuga doir:

    • Putin Aliyev bilan Qorabog‘ bo‘yicha dastlabki muzokaralar Pashinyan tufayli barbod bo‘lganini aytdi
    • Turkiya parlamenti Erdo‘g‘onga Ozarbayjonga harbiylarni yuborish uchun ruxsat berdi
    • Putin Armanistonning tinchlik bitimidan voz kechish ehtimolini o‘z joniga qasd qilish deb atadi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda temiryo‘l orqali yuk tashishning yangi qoidalari joriy etiladi

    Bugun, 09:11

    Iroqdagi to‘yda yong‘in chiqib, 100 kishi halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 09:06

    O‘zbekistonda pensiya sohasida ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi

    Bugun, 09:05

    Farg‘onada 83 dona toshbaqani qo‘shni davlatga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

    Bugun, 08:43

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?