Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armanistonda hokimiyat o‘zgargan taqdirda, ular Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha tinchlik shartnomasidan voz kechsa, bu katta xato bo‘lishini aytdi. Bu haqda u “Rossiya 24” telekanali efirida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. “Bu o‘z joniga qasd qilish bo‘lardi”, — dedi u.

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

Putinning aniqlik kiritishicha, erishilgan kelishuvlarga rioya qilish-qilmaslik — “har kimning o‘z ishi”, ammo uning fikricha, ulardan voz kechish “katta xato” bo‘ladi. Prezident bunday holat yuz bermasligiga umid qildi.

“Urush qilayotgan yoki jangovar harakatlar qayta boshlanishi xavfi ostida bo‘lgan mamlakat o‘zini bunday tutishi mumkin emas, shu jumladan, hukumatni tashkillashtirish sohasida, jamiyatni ichidan parchalay olmaydi”, — dedi prezident.

Avvalroq Putin Aliyev bilan Qorabog‘ bo‘yicha dastlabki muzokaralar Pashinyan tufayli barbod bo‘lganini aytgandi. Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy nizo oktabrda tugashi mumkin edi, lekin o‘sha paytda Armaniston tomoni o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifni qabul qilishdan bosh tortgan.

Armanistonda 10-noyabrdan beri Tog‘li Qorabog‘dagi urushni tugatish to‘g‘risidagi bitim imzolangani sababli siyosiy inqiroz davom etmoqda. Ushbu kelishuv shartlariga ko‘ra, Ozarbayjon tan olinmagan respublikaning katta hududlarini o‘z nazorati ostiga oldi. Yerevanda Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qiladigan ommaviy mitinglar o‘tkazilmoqda.

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazishga va Nikol Pashinyanning vazirlar mahkamasini iste’foga yuborishga chaqirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi