Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Armaniston tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan iste’foga chiqdi. Mnatsakanyanning bosh vazir Nikol Pashinyan nomiga yozgan arizasini Armaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anna Nagdalyan Facebook’da e’lon qildi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: EADaily

Foto: EADaily

Sputnik agentligi xabariga ko‘ra, bundan oldin Pashinyan Armaniston parlamentida so‘zga chiqqan paytda tashqi ishlar vazirini ishdan bo‘shatish niyati borligini ma’lum qilgan.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, “2018-yilgacha shakllangan muzokaralar jarayoni Tog‘li Qorabog‘ hududlarini Ozarbayjonga qaytarib berishga olib keldi”. Xususan, Pashinyanning aytishicha, Shusha shahrini Ozarbayjonga topshirish masalasi ko‘tarilgan.

Armaniston Tashqi ishlar vazirligi ushbu ayblovni rad etdi. Nagdalyan Shusha shahrini Ozarbayjonga o‘tkazish masalasi Qorabog‘ mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralarning hech qaysi bosqichida muhokama qilinmaganligini aytdi.

Armanistonda 10-noyabrdan beri Tog‘li Qorabog‘dagi urushni tugatish to‘g‘risidagi bitim imzolangani sababli siyosiy inqiroz davom etmoqda. Ushbu kelishuv shartlariga ko‘ra, Ozarbayjon tan olinmagan respublikaning katta hududlarini o‘z nazorati ostiga oldi. Yerevanda Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qiladigan ommaviy mitinglar o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi