O‘zbekistonda endi doimiy va vaqtinchalik yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnomani onlayn olish mumkin, deya xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Ta’kidlanishicha, endilikda ichki ishlar bo‘limlariga borib, navbatda kutib oladigan ma’lumotnomani Yagona portal (my.gov.uz) orqali olish imkoniyati yaratildi.
Qayd etilishicha, Yagona portalda “Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma” xizmatini tanlab, ma’lumotnomani onlayn tarzda olish mumkin.
Qayd etilishicha, xizmat avtomatlashtirilgan va qisqa muddat ichida taqdim etiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda “propiska”ni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgandi.
Izoh (0)