Guliston shahrida 12–17-noyabr kunlari O‘zbekiston–Qozog‘iston demarkatsiya qo‘shma komissiyasida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Komissiya Mangistau viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Qoraqalpog‘iston tarkibidagi uchastkasi uchun davlatlararo chegarani belgilash bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni davom ettirdi.
Komissiya yig‘ilishi davomida Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi natijasida buzilgan chegara ustunlarini tiklash maqsadida Qozog‘istonning Turkiston viloyati bilan chegarasi bo‘ylab O‘zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari chegaralarida O‘zbekiston–Qozog‘iston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvi o‘tkazildi.
Avvalroq O‘zbekistonda 1-oktabrdan chegaralar ochilganiga qaramay, nima uchun ayrimlar undan o‘ta olmayotganiga izoh berilgandi.
Izoh (0)