Ispaniya futboli tarixi va statistikasi tadqiqot markazi (CIHEFE) mamlakatning XXI asrdagi eng yaxshi klublari reytingini ma’lum qildi.
Reytingning birinchi pog‘onasidan “Barselona” (3465 ochko) joy oldi. Katalonlar bu borada Madridning “Real” (3347) va “Atletiko”sidan (2149) ustun bo‘ldi.
“Barselona” shuningdek, sovrinlar borasida ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan — 34 ta sovrin. Keyingi o‘rindagi “Real”da bu vaqt oralig‘ida 29 ta sovrin yutgan.
Keyingi o‘rinlarga quyidagi jamoalar joylashdi: “Valensiya” (2 139), “Sevilya” (1 992), “Vilyarreal” (1 648), “Atletik” (1 405), “Deportivo” (1 395), “Selta” (1 164), “Espanyol” (1 144), “Betis” (1 137), “Real Sosyedad” (1 108), “Malaga” (1 035), “Xetafe” (1 028) va “Malyorka” (1 009).
Jamoalarning 2000/01-yilgi mavsumdan 2019/20-yilgi mavsumga qadar qayd etgan natijalari inobatga olindi va u ular Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tamoyillari bo‘yicha hisoblab chiqildi. Asosiy e’tibor sovrinlarga emas, g‘alabali o‘yinlar soniga qaratildi — har bir g‘alaba uchun 9 ball berilgan bo‘lsa, durang uchun 3 ball berildi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)