Angliya Premyer Ligasi oktabr oyining eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min oktabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Janubiy koreyalik futbolchi oktabr oyidagi uchta o‘yinda to‘rtta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylangandi.
Ushbu sovrin uchun shuningdek, Che Adams (“Sauthempton”), Konor Koadi (“Vulverhempton”), Pablo Fornals (“Vest Hem”), Jek Grilish (“Aston Villa”), Harri Keyn (“Tottenhem”), Tiago Silva (“Chelsi”) va Kayl Uoker (“Manchester Siti”) kabi futbolchilar kurash olib borgandi.
⚽️⚽️⚽️⚽️
— Premier League (@premierleague) November 13, 2020
🅰️🅰️
Son Heung-min is the @EASPORTSFIFA Player of the Month for October!#PLAwards | @SpursOfficial pic.twitter.com/58vqQKF2Z2
Ma’lumot uchun, sentabr oyida bu nomga Dominik Kelvert-Lyuin (“Everton”) loyiq ko‘rilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)