• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Saloh, Mane va Firminodan iborat hujum uchligini parchalagan “Liverpul”ning yangi qahramoni Diogu Jota haqida

    Diogu Jota – butun futbol jamoatchiligi gapirayotgan “Liverpul”ning yangi yulduzi. Jota qandaydir 7-8 o‘yin ichida nimalarga qodir ekanligini isbotladi va ko‘p yillik Saloh, Mane va Firminodan tashkil topgan hujum triosini parchalay oldi. Xo‘sh, kim o‘zi u “supermen”? Quyida u haqida batafsil.

    Jota “Liverpul”ga kelgach:

    • Premyer Liganing 5 ta o‘yinida 3 ta gol urdi.

    • “Liverpul” safida Chempionlar Ligasidagi ikkinchi o‘yinda gol urdi va uchinchisida het-trik qayd etdi.

    • Yevrokuboklar doirasidagi 8 ta o‘yinda 3 ta het-trik (“Vulverhempton”dagi o‘yini ham hisobga olingan).

    • “Liverpul” safida ketma-ket 4 ta o‘yinda gol urdi.

    • “Liverpul” tarixidagi 10000-golga mualliflik qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jota 2020-yilning yozida “Liverpul”ga qo‘shilgandi, biroq u ushbu qisqa muddat ichida Kloppning o‘yiniga osonlikcha singib keta oldi. Hozircha Jota jamoaning ushbu kuzdagi eng yorqin o‘yinchisi bo‘lib turibdi.

    “Liverpul” Jota uchun 45 million yevro to‘ladi. U haqida nimalar ma’lum?

    “Liverpul” Jotaning faoliyatidagi ikkinchi top-klub hisoblanadi. Birinchisi “Atletiko” edi. U Madrid klubiga Portugaliyaning “Passush de Ferreyra” klubidan kelgandi, biroq u “matraschilar” safida ikki yil ichida birorta ham uchrashuv o‘tkazmagan. Bu vaqt oralig‘ida esa u dastlab “Portu”, keyinchalik “Vulverhempton”da to‘p surdi.

    Jotaning “Vulverhempton”ga o‘tishi hech kimni ajablantirmasa kerak. Boisi Jotaning agenti Jorje Mendesh “bo‘rilar” hali Chempionshipda harakat qilib yurgan vaqtdayoq u yerga portugaliyaliklarni joylashtirishni boshlab yuborgandi.

    Jotaning “Vulverhempton”ga o‘tishi “Portu”da juda katta tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Chunki ular Jotani yana bir mavsumga ijaraga olib, keyin sotib olishni rejalashtirishgandi. Transferdan so‘ng hatto Portu prezidenti Jotaga: “Nima balo qilyapsan? Axir, sen bizda o‘ynashingiz kerak edi”, — deb xabar jo‘natgan ekan.

    Diogu bo‘sh vaqtlarida Football Manager simulyatorini o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, uning qiziqishlaridan yana biri tennisdir. Futboldan bo‘sh vaqtlarida aynan ushbu sport turi bilan band bo‘lishni afzal biladi.

    Jota o‘ta formal kiyimlarni xushlamaydi. “Portu”ning kostyum ishlab chiqaradigan kompaniya bilan shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra, klub futbolchilari Chempionlar Ligasi o‘yinlariga kostyumlarda tashrif buyurishi shart bo‘lgan. Jota esa bunga keskin qarshilik bildirgan kam sonli futbolchilardan biri bo‘lgan. Hatto u bir safar barchaga qarshi borib, uchrashuvga sport kiyimida kelgan.

    Jota hozirda “Liverpul”da o‘ynaydi, biroq u bir necha yil avval klubning hamshahari “Everton”ni yaxshi ko‘rishini aytgandi. “Menga ushbu jamoaning o‘yini yoqadi. Men ularni tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Bir vaqtlar ular ajoyib edi”. Tabiiyki, Jota “qizillar” safiga qo‘shilgach, bu “Everton” muxlislari uchun ayni muddao bo‘lib xizmat qildi.

    Jota Saloh, Mane, Firmino triosiga barham beradiganga o‘xshaydi...

    Hozirda Roberto Firmino bilan tushunarsiz holat yuz bermoqda. U deyarli yarim yildan beri eng yaxshi formasidan juda yiroqda. Past samaradorlik va uzoq davom etgan golsiz seriyalar (u 23-iyulda 479 deganda ilk bor “Enfild”da gol urdi). Aslini olganda shuning uchun ham Jota sotib olingandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Firmino turg‘unlikni boshdan o‘tkazayotgan vaqtda, Jota o‘z imkoniyatidan a’lo darajada foydalanmoqda. “Liverpul” tizimidagi bir necha oy ichida u 6 ta gol urdi. Firmino esa 2020-yil boshidan beri atigi 5 ta.

    Shulardan kelib chiqib, hozirda ko‘pchilik Jotaning uzoq vaqt davomida hech qanday bosimni his qilmagan hujum triosini parchalaganiga ishonishni boshlab yubordi.

    “Liverpul” sobiq futbolchisi (hozirda BBC eksperti Denni Myorfi) ham xuddi shunday fikrda:

    “Jota – Yurgen Klopp uchun muammo. Ilgari uning hujum uchligi uchun tanlovi aniq edi. Hozir u jamoaga foyda keltirishi uchun bu haqida ko‘proq o‘ylashi kerak. Bu yoqimli tashvish”.

    Myorfining fikrini juda ko‘plab jurnalistlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Ulardan biri The Atheletic nashri kolumnisti Jeyms Pirsdir. Quyida uning matnidagi asosiy nuqtalar keltiriladi:

    – Jota allaqachon “Liverpul”ga katta ta’sir ko‘rsatib bo‘ldi. Bunga “Ayaks”ga qarshi o‘yinni misol keltirish mumkin. U ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida, uchrashuvdagi yagona gol allaqachon urilgan paytda chiqdi. Ammo u o‘zining pressingi bilan o‘yinni o‘zgartira oldi.

    – Klopp odamlar uning “Liverpul”ida hujumchilar tanlovi aniq ekanligi haqida gapirishini yoqtirmaydi. Jota esa hujum chizig‘iga rang-baranglik bag‘ishlashda yordam beradi, mavsum uzoq, o‘yinlar esa bisyor.

    – Roberto (Firmino) eng yaxshi formasida emas, ammo Klopp undan mamnun. U Firminoni to‘purar sifatida emas, balki butun hujumkor o‘yin unga asoslangan total futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

    – Jota nihoyatda ko‘p qirrali bo‘lib, u allaqachon hujum markazi va o‘ng qanotida o‘ynashga ulgurgan. Jota maydonga tushsa, Firmino uning soyasida qolib ketmoqda. Ammo keyingi uchrashuvlarda “Liverpul” maydonda har ikkala futbolchi bilan harakatlanish ehtimoli ham mavjud.

    Klopp Jota haqida qanday fikrda?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Biz Diogu bilan shartnoma imzolash uchun kurash olib bordik. Uni ishontirish uchun uzoq vaqt ketmadi. U – juda iste’dodli futbolchi. Unda tezkorlik, kuch va texnika bor, Jota har ikkala oyog‘ida bir xil o‘ynay oladi. U men o‘ylaganimdan ancha yaxshiroq ekan, bu esa haqiqatan yoqimli”.

    Boshqa maqolalar:

    • “Yuventus” Ronalduni sotmoqchi. Krishtianuning navbatdagi manzili qayer bo‘ladi?
    • Nasri, Manjukich, Pato va boshqalar. Bir necha yil avval klubining asosiy futbolchisi bo‘lgan, hozir esa ishsiz qolgan yulduzlar
    • Dembele, Grizmann, Koutinyo va boshqalar. “Barselona”dan surgun qilingan Bartomeuning transfer xatolari haqida
    • Qarzlar, shubhali homiylar va boyishda davom etayotgan xo‘jayinlar. “Manchester Yunayted”ga nimalar bo‘lmoqda?

    13.11.2020, 15:11   Izoh (0)   15773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona” kino orqali 200 mln yevro ishlab olmoqchi

    13.11.2020, 14:12

    Rivaldo Yevropa Premyer Ligasi haqida: “Bu futbolning o‘limi”

    13.11.2020, 12:26

    Yaxshi ot keyin chopadi. “Qarigan” chog‘ida porlagan taniqli futbolchilar

    13.11.2020, 11:00

    Yevro—2020. Final bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

    13.11.2020, 10:00

    JCh—2022 yo‘lida. Argentina o‘z maydonida ochko yo‘qotdi, Ekvador 5 ta gol urilgan o‘yinda irodali g‘alaba qayd etdi

    13.11.2020, 08:59

    Yevro—2020 yo‘lida. Islandiya, Serbiya va Gruziya musobaqa yo‘llanmasidan quruq qoldi

    13.11.2020, 08:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron Kubogi. “Istiqlol” qo‘shimcha taymlarda “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    Avto | 30 may, 08:38

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.