“Bunyodkor” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Rivaldo top-klublar tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Yevropa Premyer Ligasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bunday musobaqalarni tashkil qiladiganlar futbol olamidan emas, hech qachon o‘ynamagan va bu haqda hech narsa tushunmasligi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Bunday musobaqa katta va kichik klublar orasidagi tengsizlikni oshiradi, xolos. U asosiy sport prinsiplarini yo‘qqa chiqaradi. Bu futbolning o‘limi”, — deydi Rivaldo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa kuchli beshlik ligalarining o‘ndan ortiq klubi Yevropa Premyer Ligasi nomi ostida yangi musobaqa tashkil qilishga urinayotgani haqida xabarlar yangragandi. Tashkilotchilar musobaqani FIFA tasnifi ostida 2022-yildayoq yo‘lga qo‘ymoqchi ekani aytilgandi. Unda 16–18 ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlaganlar ichida braziliyalikning sobiq jamoasi “Barselona” ham bor.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)